0 ’quvmashg'ulotiningmaqsadi:mikroskopning tuzilishi bilan tanishish va u bilan ishlash qoidalarini haqida ma'lumot berish.
Keraklijihozlar:MBP-1, MBH-3 biologik mikroskoplar, mikroskoplarning tuzilishini aks ettiruvchi ko’rgazmali vositalar, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar (pipetkalar), suv solingan stakanchalar, paxta, salfetkalar, qo’l lupalari, binokulyar va boshqalar.
Ishning mazmuni. Oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan ob'ektlar va organizmlaming juda mayda qismlarini o’rganish uchun biologiya fanlari, xususan, zoologiya fanida ham mikroskopdan keng foydalaniladi.
Zoologiyadan amaliy ishlami boshlashdan oldin, awalo optik asboblaming tuzilishini o’rganish lozim. Mikroskop optik, yoritgich va mexanik qismlardan iborat bo’lib, uning optik qismiga; okulyar, ob'ektivlar va ularni birlashtiruvchi tubus kiradi (1-rasm).
Optik qismlar tekshirilayotgan ob'ektni katta qilib
ko’rish imkoniyatini beradi. Mikroskopni yorugMik beradigan qismi yorugMik nurlarini ko’radigan ob'ektdan o’tkazib, optikali sistemalarga ko’chiradi, shu bilan birga yorugMik quwatini tartibga soladi. Mikroskopning mexanik qismiga: shtativ, buyum stolchasi, taglik, revolver, makrovint, mikrovint, kondensor vinti kiradi.
Okulyar Iinzalardan iborat boMib, tubusning yuqori tomoniga kiygizilib qo’yiladi. Uning katta qilib ko’rsatish darajasi (7x, lOx, 15x, 20x) ustiga yozib qo’yilgan. Raqam qancha katta boMsa, ko’rsatish imkoniyati ham shuncha yuqori boMadi.
Mikroskopning ob'ektivi linzalar sistemasidan iborat
boMib, metall naychada joylashtirilgan. Mikroskopda 3 ta
ob'ektiv mavjud. Ular bir-biridan ma'lum masofada revolverga o'matilgan. Har bir ob'ektivning katta qilib ko’rsatish darajasi ob'ektivda (8x, 40x, 90x) bilan ko’rsatilgan. Raqami 90x bo’lgan ob'ektiv immersion ob'ektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan preparatning ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib, ob'ektivning pastki uchi shu moyga botiriladi. Natijada, tekshirilayotgan ob'ekt bilan linza orasidagi havo o’mida moy qatlami hosil bo’ladi.