1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə8/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

YASHIL EVGLENANING TUZILISHIVA KO’PAYISHI
Tip. Sarkomastigoforalar —Sarcomastigophora Sinf. Xivchinlilar - Mastigophora
Kenja sinf. 0 ’simliksimon xivchinlilar - Phytomastigina Turkum. Evglenasimonlar —Euglenoida
Avlod. Evglenalar —Euglena
Tur. Yashil evglena - Euglena virigis
O'quv mashg'ulotining maqsadi: evglenalaming tuzilishini o’rganish hamda ulaming vakillari bilan tanishish.
Keraklijihozlar: evglenali suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qoplagMch oynalar, tomizgichlar, salfetkalar, ko’rgazmali vositalar, filtr qog’ozlar, yod eritmasi.
Ishning mazmuni. Yashil evglena chiriyotgan organik moddalarga boy bo’lgan koMlarda, hovuzlarda va botqoqliklarda yashaydi. Evglenaning tanasi duksimon, ya'ni orqa tomoniga qarab toraygan, old tomoni yumaloqroq qismi esa kengaygan bo'ladi. Tanasining uzunligi 50-60 mkm. Tanasining usti yupqa elastik parda-pellikula bilan qoplangan. Shuning uchun ham evglenaning shakli nisbatan o'zgarmasdir. Lekin harakatlanish paytida shakli o’zgarib, hatto u yumaloqlanishi mumkin. Protoplazmasi ekto va endoplazmadan iborat bo’lib, sitoplazmasida donachalar bo'ladi. Evglenaning tanasi yashil rangda. Uning sitoplazmasida xlorofill donachalariga ega boMgan xromoto- forlar bor. Xlorofillning tuzilishi o’simlik barglari-dagi xloroplastlarga o’xshash. Shuning uchun yashil evglena o’simliklar singari fotosintez yo'li bilan oziqlanadi, ya'ni anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladi. Bu usulda oziqlanish avtotrof oziqlanish deyiladi (7-rasm).

26




7-rasm. a) Evglena oksiuris - Euglena oxyuris, b) Yashil evglena- Euglena viridislarning tuzilishi
1-xivchin; 2-qisqaruvchi vakuolaning rezervuari; 3-qisqaruvchi vakuola; 4-x!orofill donachalarini saqlovchi xromatoforalar; 5-yadro; 6-paramil donachalari; 7-ko’zcha (stigma).
Evglena tanasining oldingi uchida harakatlanish organellasi boMgan bitta xivchini bor. Xivchinning asosida harakatni bbshqaruvchi kichik tanacha - bazal donacha joy- lashgan. Unga yaqin joyda yorugMikni sezuvchi qizil dog’simon «ko’zcha» - stigma joylashgan.
Evglena protoplazmasining asosiy organoidlaridan yana biri qisqaruvchi vakuola bo’lib, atrofida mayda pufakchalar keltiruvchi yoki yig’uvchi vakuolachalaming boMishidir. Protoplazmadagi suv va qoldiq moddalar vakuolachalarga va undan qisqaruvchi vakuolaga quyiladi, u toMgach rezervuarga va rezervuarni tashqi muhit bilan bogMovchi naycha orqali tashqariga chiqariladi. qisqaruvchi vakuola osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini bajaradi.
Evglenaning bitta sharsimon yadrosi tanasining o’rta qismidan biroz orqaroqda joylashgan.
Evglena qorong’i muhitga tushsa, xlorofill pigmenti yemirilib rangsizlanadi va saprofit usulda oziqlanishga
27



o’tadi, ya'ni pellikula orqali suvda erigan tayyor organik moddalarni shimadi. Demak, yashil evglena ikki xil avtotrof va geterotrof oziqlanish xususiyatiga ega. Evglena faqat jinssiz ikkiga bo’linish yoMi bilan ko’payadi. Bunda dastlab yadro mitoz usulida ikkiga boMinadi, so’ngra tanasi oldingi tomondan orqaga qarab asta-sekin ajraladi. Xivchini yosh hujayralardan biriga o’tadi, ikkinchisida esa yangidan hosil boMadi. Noqulay sharoitda xivchinini tashlab yumaloqlanadi va tana sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. KoMmak va boshqa suvlarda evglenasimonlardan yana Euglena oxyuris, E.acus, E.grasillis, E.phacus va boshqalami ko’rish mumkin.
Ishning bajarilishi: evglenani o’rganish uchun evglenali suv namunasidan bir tomchisini buyum oynasiga tomizib, ustini qoplag’ich oyna bilan yoping. Mikroskopning kichik ob'ektivi orqali harakatini kuzating. So’ng yaxshiroq ko’rish uchun katta ob'ektivga o’tkazing, agar buyum oynasida suv ko’p boMsa uni filtr qog’ozi bilan kamaytiring. Evglena harakat qilgan vaqtda o’z o’qi atrofida aylanadi. Mikroskopning ko’rish maydonchasi biroz qorong’ilashtirib yoki bir tomchi yod suyuqligi tomizdirilsa, evglenaning xivchinini ko’rish mumkin (yod ta'sirida evglena xivchini bo’kadi va yo’g’onroq boMib ko’rinadi). Mikroskopdagi evglenaga diqqat bilan qaralsa, uning qizil «ko’zchasi» (stigma), qisqaruvchi va-kuolasi, yadro, xromotofora va paramil donachalarini ko’rish mumkin. Evglenaning tana qismlarini belgilang.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Fitomastiginalar kenja sinfi vakillari qanday xususiyati bo’yicha guruhlangan?
A. Oziqlanishi; B. Harakat a'zolari; S. Tashqi ko’irinishi;
D. Yashash muxiti;
2. Sodda hayvonlardan qaysi biri avtotrof organizmlar hisoblanadi?

28




A. Yashil xivchinlilar; B. Infuzoriyalar; S. Koksidiyalar;
D. Gregarinalar;
3. Xlorofill pigmenti quyidagi qaysi sodda hayvonda uchraydi?
A. Tufyelka da; B. Bezgak plazmodiyasida; S. Evglenasi- monlarda; D. Oddiy amyobada;
4. Odatda qanday muhitda bir vaqtning o’zida evglenalar ham avtotrof ham geterotrof oziqlanadilar?
A. Qorong’ulikda; B. Yorug’lik deyarli bo’lmaganda;
5. YorugMik juda kam boMganda; D. Organik birikmalar bilan ifloslanganda;
5. Yashil evglena qanday oziqlanadi?
A. QorongMda geterotrof; B. QorongMda avtotrof; S. Yorug’- likda geterotrof; D. YorugMikda avtotrof;
6. Yashil evglena qanday ko’payadi?
A. Vegetativ hujayralar ketma-ket boMinadi; B. Bo’yiga ikkiga boMinadi; S. Yangi yosh koloniyalar hosil boMadi;
D. Eniga ikkiga boMinadi;
7. Xivchinning harakatlantiruvchi tanasi nima deyiladi?
A. Pellikula; B. Acrosoma; S. Xromotofora; D. Kinetosoma;
8. Xivchinlilar pellikulasining o’ziga xos xususiyati?
A. Qattiq va elastik; B. Elastik va yumshoq; S. Egiluvchan va yumshoq; D. Egiluvchan va qattiq;
9. Bir vaqtning o’zida ikki xil yo’l bilan oziqlanishni ayting?
A. Saprofit; B. Avtotrof; S. Golofit; D. Miksotrof;

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin