3-Mavzu. Atrof-muhitni qadrlash usullari
Reja:
1.1 Atrof-muhit muammolari va iqtisodiy samaradorlik.
1.2.Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak.
1.3. Tanlov tajribalari
1.4. Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit.
Tayanch iboralar: Biosfera, avtotrof, geterotrof, miksotrof, ekologik muhit, abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omillar, havo massasi harakati, yer sathi harorati, atmosfera bosimi.
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”,“Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.
Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosabati hamda jonli va jonsiz tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo’lgan ehtiyojlar juda qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Ekologiya fanining yuzaga kelganiga ham 150 yildan ortiq bo’ldi, ammo alohida fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib kelmoqda.
Amerikalik olim Ch.Adams (1913) ekologiya to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi. Ekologiyada organizm bir butun tizim sifatida ko’riladi. U tashqi muhit bilan o’zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi. Bugungi kunga kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan ajralib chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib keldi.
1-o’quv topshiriq:
Klaster usuli yordamida mamlakatimiz agrosanoat majmuasining tarkibini ko’rsatib berish.
2-o‘quv topshiriq:
FSMU texnologiyasi yordamida “Mamlakatimizda agrosanoat majmuasining samaradorligini yanada oshirish qanday omillarga bog’liq?” ekanligini aniqlash.
Yo‘naltiruvchi so’zlar: Xizmat ko’rsatish sohalari jihatidan, vaqt va resurslarni tejash, o’zaro aloqalarni integratsiyalash jihatdan.
|
Mamlakatimizda agrosanoat majmuasining samaradorligini yanada oshirish qanday omillarga bog’liq?
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
|
|
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
|
3-o‘quv topshiriq:
“Charxpalak” usulidan foydalanib O‘zbekistonda agrosanoat majmuasini yanada rivojlantirish yo’llarini muhokama qilish.
“Charxpalak” usuli qoidasi.
4 guruhda talabalar ish olib boradi. Har bir guruhga tugallanmagan fikrlardan iborat savollar yozilgan qog’oz va to’rt xil rangli ruchka yoki qalam beriladi. Savollar aylanib har bir guruhdan o’tadi, javoblar to’ldiriladi va savol o’z guruhiga kelgach to’xtatiladi. So’ng javoblar yig’ib olingach, doskaga yopishtiriladi va muhokama qilinadi. Har bir guruhdan vakil chiqib o’zlarining javoblarini o’qib beradi. Eng asosli javob bergan guruh g’olib hisoblanadi.
|
1. Asosiy tayanch tushunchalar
Biosfera, avtotrof, geterotrof, miksotrof, ekologik muhit, abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omillar, havo massasi harakati, yer sathi harorati, atmosfera bosimi.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
1. Biosfera haqida nima bilasiz?
2. Ekologik omillarning tarkibi va ahamiyatini ayting.
3. Biosferaning tarkibi nimadan iborat?
4. Biosferaga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat?
5. Biosferani muhofaza qilish insoniyatga nima beradi?
Dostları ilə paylaş: |