1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə16/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Sodda hayvonlarning qaysi biri parazitlik qilib hayot kechiradi?
A. Foraminiferalar; B. Oddiy amyoba; S. Yashil evglena;
D. Koksidiya;
2.Sporozoalaming hayot tarzi qanday?
A. Parazitizm; B. Erkin yashovchi; S. Simbioz;
D. Yirtqichlik;
3.Sporalilarda jinssiz ko’payish qanday ataladi?
A. Shizogoniya; B. Sporogoniya; S. Gametogoniya;
D. Oogamiya;
4. Sporalilar tipiga qancha parazit turlar kiradi? A. 3500; B. 4000; S. 2800; D. 3200;
5. Kanoid hujayralarining tanada joylashuvi va vazifasini aniqlang?
A. Tana oldida va ko’rish; B. Tana oldida va tayanch;
5. Tana ortida va himoya; D. Tana ortida va harakatlanish;
6. Roptriyalar nima?
A.Ko’payuvchi hujayralar; B.Otiluvchi hujayralar; S. Su- yuqlik saqlovchi xaltacha; D.Harakatlantiruvchi hujayralar;
7. Koksidiyalar qanday yo’l bilan oziqlanadi?
A. Osmotik; B. Og’izchasi orqali; S. Tana yuzasi bilan;
D. Oziqlanmaydi;
8. Koksidiyalarning oziqlanib o’suvchi stadiyasini aniqlang?
A. Merozoit; B. Sporozoit; S. Gamont; D. Trofozoit;
9. Koksidiyalarning oosistasi nechta spora va sporozoid saqlaydi?
A. 4-spora va 8- sporazoid; B. 2-spora va 4-sporazoid;
S. 3-spora va 6-sporozoid; D. 1-spora va 2-sporozoid;
10. Koksidiyalaming rivojlanish siklida ko’payish ketma- ketligini ayting?
A. Sporogoniya, gametagoniya, shizogoniya; B. Shizogo-
47



niya, gametagoniya, sporogoniya; S. Gametagoniya, shizogoniya, sporogoniya; D.To’g’ri javob yo’q;
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Koksidiyalarning tuzilishi va rivojlanishidagi muhim xususiyatlari.
2. Koksidiyalaming keltirib chiqaradigan kasaliiklar va uning ahamiyati.
3. Quyon koksidiyasining tuzilishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlami chizing.

9 - MASHG’ULOT


ODAM QONIDA YASHOVCHI BEZGAK PLAZMODIYASINING TURLI XIL TARAQQIYOT DAVRIDAGI TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tip. Sporalilar - Sporozoa
Sinf. Koksidiyasimonlar- Coccidiomorpha Turkum. Qon sporalilar —Haemasporidia Avlod. Plasmodiyalar - Plasmodium
Tur. Uch kunlik bezgak - Plasmodium vivax
Oyquv mashg 'ulotining ntaqsadi: sporaiilardan odamning eritrositlarida yashovchi va bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi plazmodiumning hayotiy siklining turli davrlaridagi tuzilishlarini o’rganish.
Kerakii jihozjar: bezgak plazmodiyasi bilan kasallangan odam qonidan tayvorlangan turli preparatlar, immersion ob'ektivli mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. qon sporalilarning odamda to’rt turi parazitlik qiladi: uch kunlik bezgak - Plasmodium vivax; to’rt kunlik bezgak-Plasmodium malaria; tropik bezgak - Plasmodium falciparum va ikki kunlik bezgak - Plasmodium ovale. Uch kunlik bezgak plazmodiyasining yosh shizonti uzuk shaklida, to’rt kunlik bezgakniki - Ientasimon, tropik
48



bezgakniki esa nozik uzuksimon ko’rinish boMadi (eritrositlarda). Bezgak plazmodiyaning rivojlanish sikli xo’jayin almashtirish bilan o’tadi. Ularning jinsiy ko’payishi qon so’ruvchi anofeles pashshalari ichagida, jinssiz ko’payishi esa odam organizmida boradi. Pashshalar ularning asosiy (definitiv) xo’jayini, odam esa oraliq xo’jayini hisoblanadi. Uch kunlik (Plasmodium vivax) bezgakning rivojlanish sikli quyidagicha kechadi (17-rasm).
Plasmodium vivax bilan zararlangan bezgak pashshasi odam qonini so’rayotganida uning so’lagi bilan birga parazitning sporozoitlari odam qoniga o’tadi. Bular qonda ma'lum vaqt aylanib yurgach, jigar va taloq to’qimalari hujayralarida qolib rivojlanadi va ulardan merozoitlar shakllanadi.
17-rasm. Bezgak plazmodiyasi - Plasmodium vivaxning rivojlanishi
A-chivin organizmida; B-odam organizmida: I-sporozoit; 2-4-jigar hujay- rasiga kirib etilishi; 5-merozoitning eritrosit ichiga kirishi; 6-9-shizont (merozoitlaming eritrositlarda etilishi); 10-merozoitlar; 11-12-makro- gametasitning rivojlanishi; 11a-12b-mikrogametasitning rivojlanishi; 13-makrogametasit; 14-mikrogametasit; 15-mikrogametalarning rivoj- lanishi; 16-gametalaming qo'shilishi; 17-zigota; 18-ookineta; 19-ookine- taning chivin oshqozoni devoriga o'tishi; 20-23-oosista va unda sporo- zoitlaming etilishi; 24-sporozoitlaming oosistadan chiqishi; 25-sporo- zoitlaming oshqozon soMagiga o'tishi.

49




Keyinchalik merizoitlar qon plazmasiga o’tadi va undagi qizil qon hujayralari-eritrositlar ichiga kirib rivojlanishini davom ettiradi. Merozoitlar eritrositlarda o’sib, dastlab uzuk shaklini, keyin esa amyobasimon ko’rinishni oladi va ularning yadrolari bir necha marta boMinib, taxminan 40 soatdan keyin, 12-24 ta merozoitlar etiladi.
Merozoitlar eritrositlar qobig’ini yemirib qon plazmasiga o’tadi va qaytadan sogMom eritrositlarga kirib jinssiz (shizogoniya) ko’payishini davom ettiradi. Eritrositlarda merozoitlaming gemoglobin bilan oziqlanishi natijasida melanin hosil boMib, merozoitning qon plazmasiga har bir chiqishida melanin va zaharli moddalar ham qonga chiqadi. Buning natijasida bezgak xuruji kuzatiladi. Shizogoniya bir necha bor qaytarilgach, ma'lum vaqtdan keyin eritrositlar ichiga kirgan merozoitlardan urg’ochi-makrogametosit va erkak mikrogametositlar shakllanadi. Undan keyin parazit rivojlana olmaydi. Odam qonida gametositlar yashayveradi.
Anofeles pashshasi bezgak bilan kasallangan odam qonini so’rganda gametositlar pashshaga o’tadi. Pashsha- ning oshqozon - ichak sistemasiga tushgan gametositlar asta-sekin etiladi. Har bir mikrogametsitdan 4-8 ta xivchinli harakatchan mikrogametalar, har bir makrogametositdan esa bittadan makrogameta voyaga yetadi. Mazkur mikro va makrogametalar pashsha oshqozon-ichak sistemasida qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigota ovalsimon va harakatchan boMib, u ookineta deb ataladi. Ookineta pashsha oshqozon devorini yorib chiqib po’stga o’raladi. Bunga oosista deyiladi. Oosistada yadro ko’p marta boMinadi, natijada sporozoitlar hosil boMadi. Yetilgan oosistalar yorilib, ulardagi sporozoitlar gemolimfa suyuqligi orqali pashshaning so’lak bezlariga keladi. Pashsha odamni chaqqanda odam qoniga soMagi bilan birga juda ko’p sporozoitlami yuqtiradi va jarayon yuqorida qayd qilganimizdek yana takrorlanadi.

50




Ishning bajarilishi: uch kunlik bezgak plazmodiyasi bilan zararlangan odam qonidan tayyorlangan preparatni mikroskopning immersion ob'ektivi ostida kuzatiladi. Preparatdagi eritrositlarni topib, ulardan parazitning rivojlangan davrlarini toping va aniqlang.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin