Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Hasharotlaming mo’ylarini tuzilishi va xilma-xilligi.
2. Hasharotlarda ekologik sharoitga moslanishiga ko’ra oyoq xillari.
3. Hasharotlar qanotlarining tuzilishi.
• 4. Hasharotlar og’iz apparatining tuzilishi va xilma-xilligi.
5. Hasharotlar mo’ylovlari, oyoqlari, qanotlari va og’iz apparatlarining tuzilishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
198
35 - MASHG’ULOT
HASHAROTLARNING POSTEMBRIONAL RIVOJLANISHI
Ishning maqsadi: chala va toMiq metamorfoz yoMi bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka, g’umbak va imago davrlaridagi tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar: har xil yoshdagi chigirtkalar, tut ipak qurtiari, pillalar, kapalaklar.
Ishning mazmuni. Hasharotlarning postembrional (tuxum pardasidan chiqqandan keyingi rivojlanishi) rivoj- lanish davri metamorfoz, ya'ni o’zgarish yoMi bilan kechadi. Metamorfoz toMiqsiz rivojlanish va toMiq rivojlanish bilan kuzatiladi.
ToMiqsiz, ya'ni chala metamorfoz yoMi bilan rivojlanuvchi hasharotlarga: suvaraklar, qandalalar (yarim qattiq qanotlilar) to’g’ri qanotlilar, ninachilar, bitlar, kunlik- lar, beshiktervatarlar, teng qanotlilar kiradi. Bulaming tuxumlaridan chiqqan lichinkalari katta yoshdagi hasha- rotlarga juda o’xshash bo'lib, katta yoshdagi hasharotlardan gavdasining kichikligi, qanotlarining rivojianmaganligi, jinsiy organlarining taraqqiy etmaganligi bilan farq qiladi (76-rasm).
76-rasm. Chigirtkaning chala metamorfoz yo’Ii bilan rivojlanishi
1,2,3-ko’krak bo’g’imlari; yuqori qatorning chap tomondan birinchi-tuxum, yuqoridan birinchi va ikkinchi qatorlarda-har xil yoshdagi lichinkaiar, pastda-voyaga yetgan hasharot.
199
Lichinka bilan imago orasidagi tafovutlar, ular bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tgan davrdan so’ng qator po’st tashlashlar natijasida asta-sekin yo'qolib boradi. Lichinkalari 4-5 marta po’st tashlab, keyin jinsiy voyaga (imago) yetadi. Masalan, chigirtkalarning rivojlanishi shu tartibda kechadi. ToMiqsiz yo’l bilan rivojlanuvchi hasharotlarda g'umbaklik davri boMmaydi.
To’liq metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarga qo’ng’izlar (qattiq qanotlilar) kapalaklar, burgalar, ikkiqanotlilar, pardaqanotlilar, to’rqanotlilar va boshqa hasharotlar guruhi kiradi. Bu hasharotlaming tuxumidan chiqqan lichinkalar (qurtlar) mutlaqo katta yoshdagilar (imago)ga o’xshamaydi (77-rasm).
r A
77-rasm. Tut ipak qurtining to'liq metamorfoz yo’li bilan rivojlanishi A-erkak kapalak, B-urg’ochi kapaiak, V-qurt, G-pilla, D-pilladan chiqarib olingan g'umbak.
Bu lichinkalarning qanotlari umuman rivojlanmagan bo'Iib, faqat lichinkalik davriga xos organlari mavjud bo’ladi. Bunga tut ipak qurtini misol qilib olish mumkin. Qurtning og’iz organlari kemiruvchi tipda, kapalaklarda esa so’ruvchi tipda tuzilgan bo’ladi.
200
Bundan tashqari, kapalak qurtining qorin qismida bir necha juft «yolqon» oyoqlari bo’ladi. Bu soxta oyoqlar bo’g’imlarga boMinmagan. Kapalak qurtlari ham rivojlanish davrida besh marta po’st tashlaydi va g'umbak davriga o’tadi. G'umbak tinch rivojlanish davri hisoblanib, g'umbakda voyaga yetgan kapalaklarga xos bo’lgan organlar rivojlanadi.
Ishning bajarilishi: chigirtkalarning har xil yoshdagi lichinkalarini Petri kosachasiga solib, qo’l lupalari yordami- da lichinkalarning tuzilishi, ya'ni qanotlari, oyoqlari va boshqa organlariga e'tiboringizni qarating. Imago davrining qanotlarini kuzating. Xuddi shunday ishlami tut ipak qurti bilan ham bajaring.
Dostları ilə paylaş: |