1-Mashg’ulotga oid savollar savollar «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
1-Mashg’ulotga oid savollar savollar
«Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning
etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash
o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan
kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish
mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda
tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z
aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin
bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Falsafaning bahs mavzulari nima?
Falsafaning umumbashariy fan ekani uning bahs mavzulari va asosiy
muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va
intihosi, hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu
bilan birga, muayyan davrda tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar
ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining
talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?
. Aslida yuqorida
zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-
boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon
bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson,
avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat
qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va
xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan
falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi.Umuminsoniylik - vatansizlik
(kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham - milliy qobiqqa o'ralish, milliy
mahdudlik degani emas.
Falsafa milliy bo'lishi mumkinmi?
Albatta, falsafa
umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi.
Ma'lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni
mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog'liq
masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiydir. Ammo falsafada muayyan
milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o'z ifodasini topadi.
«Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar obyektiv olamdagi narsa va hodisalar,
jarayonlar o'zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy
aloqadorlikda, ta'sir va aks ta'sirda ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan
iboratki, u dunyo qanday bulsa, uni shundayligicha, xech qanday uydirmalarsiz,
mubolag'alarsiz tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash kotib kolgan emas, balki doimiy ravishda o'zgarib,
rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir.
Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan morat?
Dunyoqarash tushunchasi - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda
anglashi, unga baho bеrishi, хulosa chiqarishi bulib, dunyoni inson ongidagi uziga
хos inъikosidir. Insonning ўziga va uni qurshab turgan borliqqa bulgan
munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari хamda dunyoni
amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir.
7. O'zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
Lekin sizning hayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi mumkinmi?
Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu - o'ziga xos milliy
taraqqiyot yo'lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan
savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz
nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu yo'nalishni rivojlantirish
zarurati yetilganini anglaymiz.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |