1-mavzu : Ekologiyada qo'llaniladigan usullar Reja: Ekologiya predmeti. Maqsadi va vazifalari



Yüklə 7,46 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü7,46 Kb.
#187844
  1   2   3
1-mavzu Ekologiyada qo\'llaniladigan usullar Reja Ekologiya pr-fayllar.org


1-mavzu : Ekologiyada qo'llaniladigan usullar Reja: Ekologiya predmeti. Maqsadi va vazifalari

1-mavzu :Ekologiyada qo'llaniladigan usullar
Reja:
1.Ekologiya predmeti. Maqsadi va vazifalari.
Eologiya fani to`g`risidagi tasavvurlar tobora kengayib bordi. Xulosa qilib aytganda ekologiya biologiya fanlarining rivojlanishidan kelib chiqqan yangi tarmoq bo`lib, u biologik makrotizimlar ya'ni populyatsiyalar va biotsenozlar darajasidagi organizmlarning bir-birilari bilan va atrof muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi fandir. Uning predmeti–bunday bog`lanishlarning zamon va makonga qarab o`zgarib borishni o`rganish ya'ni atrof muhitdagi tabiiy muvozanatni monitoring qilishdan iboratdir.
Ekologiya fanining vazifalari uning ma'nosi singari keng bo`lib, Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o`rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta'sirini o`rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish-bu atrof muhitga antropogen ta'sirning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lib meyorini belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S. Shvarts ishlab chiqib, qo`llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning yo`lga qo`yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi.
2.Ekologiya fanining bo`limlari.
Ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi.
1. Autekologiya (“autos”-yunoncha so'z bo'lib, “o'zi” degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2. Populyasion ekologiya (“populyatsion” fransuzcha so'z bo'lib “aholi” degan ma'noni bildiradi) populyasiyalarning tuzilishi va dinamikasini o'rganadi, ma'lum sharoitlarda turli organizmlar sonini o'zgarishi sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya (“sin”-yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rganadi.
4. Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo'limi, ya'ni biosfera (yunoncha “bio”- hayot, “sfera” shar) haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta'limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning ta'sirida o'zgargan hayot qobig'i “biosfera” deb aytiladi. Biosfera atmosferaning qo'yi troposfera qismini, butun gidrosferani va litosferaning ustki qismi bo'lgan nurash qobig'ini o'z ichiga oladi. Organizmlar hosil qilgan yoki o'zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olganda biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi.
Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.I.Vernadskiy “jonli modda” deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi, qudratli omil ekanligini ta'kidlaydi. Aqlli inson paydo bo'lganidan beri biosferani o'zgartirib keladi. Biosferaning o'z taraqqiyotida inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati – noosfera (aql, tafakkur qobig'i)ga o'tishi muqarrardir. V.I.Vernadskiyning fikricha noosfera bizning sayyoramizdagi yangi geologik xodisadir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qaytib bunyod qiladi.



Yüklə 7,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin