3. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi. Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya
tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1869 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan
kiritilgan. Ekologiya - yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning
yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi.
“Ekologiya” - yunoncha so’z bo’lib, “oykos” - uy, vatan, makon va “logos” -
ta’limot, - degan ma’nolarni bildiradi.
Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir
bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi. Ekologlar esa mana shu
hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.
“Ekologiya” fani quyidagilarni o’rganadi:
· Hayot jarayonlari, o’zaro aloqalar, adaptatsiyalar.
· Energiya oqimi, hamjamoalar.
· Ekotizimlar va suktsessiya.
· Bioxilma xillik va cho’llanish.
4.Ekologiya fanining rivojlanish tarixi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o'simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi.