1-Mavzu Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifa-fayllar.org
1-Mavzu : Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja
1-Mavzu : Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja : 1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining mazmuni.
Hozirgi vaqtda, fan va madaniyatning eng so’ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va metodlarini izlash nihoyatda zarurdir.
Jamiyatda yuksak manaviy fazilatlarni kamol toptirish,milliy mafkurani shakllantirish,yoshlarni boy madaniy merosimizga, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.Tarbiyaviy jarayon ongli, masuliyatli faoliyat bo’lib,unda har tomonlama ta’sir ko’rsatiladi.
Tarbiya tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Tarbiya insonlarning faoliyati jarayonida ularning ongi va irodasini o`stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarbiya ijtimoiy hodisa bo`lib, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o`ziga xos mazmun va amalga oshirish shakliga ega. Tarbiyashunos olim A. Avloniy o’zining « Turkiy guliston yoxud axloq » asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta’kidlab shunday degan edi. « Janobi haq insonlarni asl hilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo’ladi. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib,go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo’lib qoladi.Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga « yaxshi xulq» degan davoni ichidan, « poklik» degan davoni ustidan berib, katta qilmog’i lozimdir. Zeroki, amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmoqqa amr qilganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadir. Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordir.
Tarbiyaviy jarayon ongli, ma’suliyatli faoliyat bo`lib,unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib yetishtirishda unga har tomonlama ta’sir ko`rsatadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fanining predmeti- bo’lajak tarbiyachi o`qituvchilarga kelajak avlodni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining qirralari, shakl va yo`llari, hamda bilim, malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy fan bo`lib, milliy ong va istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi.Uning maqsad va vazifalari:
Bo`lajak o`qituvchilar, tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi, tarbiyaviy ta’sirga ega bo`lgan manbalarni ajrata bilishi;
O`quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o`rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish mahoratiga ega bo`lishi;
Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko`zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarni ko`ra bilishi;
Ilg`or tajribalarni kuzatib, tahlil qilib, undan ijodiy foydalanishi;
Tarbiyaviy tadbirlarni o`quvchilarni ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi, takomillashtirishi;
Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda o`z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi lozim.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasining asosiy manbalari:
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Milliy qadriyatlar.
Umuminsoniy qadriyatlar.
Islom ta’limoti.
O`zbek milliy urf-odatlari.
Donolar bisoti.
O`zbekiston maktablaridagi ilg`or tajribalar.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining tizimi:
Pedagogik mahorat va tarbiyachilik san’ati;
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning sharqona o`ziga xosligi va pedagogik ta’sir ko`rsatish;
Tarbiyachilik kasbiga yo`naltirish;
Hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi bilan tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning tizimi.
Milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgandir.
O`quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o`z vazifasi, mazmuni, shakl hamda metodlari bor. O`quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo`yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biridir. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o`quv jarayoni bilan bog’liq.
Darsdan tashqari mashg’ulotlar o`quvchilarda ilm olishga ishtiyoq uyg`otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iborat.
Yoshlarning g`oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning miiliy qadriyatlarini e`zozlash hissini tarkib toptirish –vatanparvarlik tarbiyasining mag`zi bo`lmog`i lozim.
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shaklantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi.Uning tarbiyasiga ota-onasi, atrof- muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyaning bosh maqsadi-yosh avlodni ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqish amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi,uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: -yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv,ularda reja va amal birligi hissini uyg`otish. –O`quvchilarni milliy,umuminsoniy qadriyatlar,Vatanimizning boy ma’naviy me’rosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; -Har bir o’smirning bilimdonligini va ijtimoiy imkoniyatlarini aniqlab , ularni rivojlantirish, Inson faoliyatini turli sohalarida joriy qilib ko’rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab –quvvatlash uchun shart-sharit hozirlash; –Insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo’llanilish lozim; –Vatanparvarlik,dunyoviy fikrlash,jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish,o’z xalqiga, davlatiga, unung himoyasi uchun hamisha shay bo’lib turish,O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O’zbekiston Konsti-tutsiyasi, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; –Qonuniy jamoq axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy ma’suliyat hislarini rivojlantirish,o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi,Insoniyat taraqqiyotini bar-qaror saqlab qolish uchun fidoyilik,ekologik ta’lim–tarbiya;
-Mustaqil davlatimiz-O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish.Uning tinchliksevar,demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, fuqarolarni ijti-moiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak; -Turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish; -Sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish;
-Yoshlarni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish;
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim:
-Tarbiya –tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqlari va erkinligini e’tiborga olish; -Yoshlarda istak va imkoniyatlar muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish;
-Milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga taynish;
-Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari,bolalar fikriga e’tibor qilish,ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish; Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq meyorlariga ongli rioya etishini, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
-Islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yuritiladi.
-Siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyo-satini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turmoq zarur.
-Xalq davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o`zining Vatan, mahalla, oila oldidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi.
-Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarbiyalash zarur.
-Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, shakllanayotgan milliy mafkurani yoshlar ongiga mukammal yetkazish darkor.
-Kishilarni o`z-o`zini chuqur anglashi, mustaqillik mohiyatini teran tushunishi va uning qadriga yetishi, milliy tafakkur takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhuning uyg`onishini ta’minlash ma’naviyat sohasida siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishini tushuntirish. Hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni o’smirlar orasida kuchaytirish zarur.Axloq yoq ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmaydi. Shuning uchin axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o’rnini egallaydi.