Qo`rg`oshinli oq bo`yoq



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#169845
  1   2   3   4   5   6   7   8
bo\'yoqlar


Qo`rg`oshinli oq bo`yoq
Qo`rg`oshinli oq bo`yoq qo`rg`oshin sulfat asosida tayyorlanadi. Qo`rg`oshinli oq bo`yoqlar uchun yong`oq va zig`ir moylarining aralashmasi bog`lovchi hisoblanadi.
Qo`rg`oshinli oq bo`yoq ruxli oq bo`yoqqa nisbatan oq emas, undan issiq tondagi ranglar olsa bo`ladi.
Qo`rg`oshinli oq bo`yoqning o`ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
A) ular ruxli belilaga nisbatan, yopishqoq pasta hosil qiladi.
B) ruxli belilaga nisbatan tezroq quriydi, boshqa bo`yoqlarga aralashtirilsa ularni ham tez quritadi.
V) mustahkam qoplovchiliq va yaxshi adgeziyaga ega.
G) zaharli bo`yoqlar qatoriga kiradi.
U yorug`likka chidamli. Vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangi o`zgaradi.
Qo`rg`oshinli belila ilk o`rta asrlar davridan boshlab ishlatiladi.
Neopolitan sarig`i
(ruxli oq bo`yoq asosida)
Neopolitan sarig`i surma kislotasining qo`rg`oshin oqsidi bilan birikmasidan tashkil topgan. Bo`yoq 95 % qo`rg`oshinli oq bo`yoq, sariq kadmiy va qizil oxradan tashkil topgan.
Bo`yoqning rangi tillarangli tus beruvchi yorqin – sariq. Rangtasvirda neopolitan sarig`i yordamida tillaning rangini ishlashda foydalaniladi.
Neopolitan sarig`ining xarakterli xususiyatlari:
a) u qo`rg`oshinli belilaga o`xshab, juda yopishqoq.
b) tez quruvchi bo`yoq va boshqa bo`yoqlar bilan aralashtirilsa ularni ham tez quritadi.
v) mustaxqam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
g) bu bo`yoqqa temir tegsa sarg`ayadi, shuning uchun mastixin ishlatilmaydi.
Bu bo`yoq yorug`likka chidamli, lekin yorug`lik ko`proq ta'sir qilsa rangi to`qlashadi.
Neopolitan sarig`i vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida to`qlashadi. Bo`yoq XVIII asr boshlaridan ishlatilib kelinadi.


Kadmiy bo`yoqlar
Sariq kadmiy, yorqin, o`rta, to`q kadmiy
Sariq kadmiy pigmentlari sulfat kadmiy bilan ruxli sulfat birikmasidan tashkil topgan.
Sariq kadmiy bo`yoqlarning rangi sulfid kadmiy bilan rux sulfidning nisbatiga bog`liq.
Bo`yoqlar yuqori tiniqlik va intensivlikka ega.
Sariq kadmiy bo`yog`ining xarakterli xususiyatlari:
a) ular tarkibida qo`rg`oshin bo`lgan bo`yoqlar bilan aralashtirilsa qorayadi.
b) tarkibi temir oqsidi (oxra. Siyena va boshqalar) bo`lgan bo`yoqlar bilan aralshtirilsa rangi o`zgaradi.
v) ko`k pigmentlar bilan aralashtirilsa chiroyli yashil tuslar olinadi.
g) quriganda oldingi rangini o`zgartirmaydi.
d) mustaxqam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
e) yorqin sariq kadmiyni yong`oq moyi bilan eritish tavsiya qilinadi.
Kadmiy sariqlarning yorug`likka chidamliligi yorqinlikdan to`q tuslarga o`tishda o`sadi.
Kadmiy sariq bo`yog`i vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Bu bo`yoqlar 1829 yildan buyon ma'lum.



Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin