Shu kabi cheklovlar staticma'lumotlarga ham qo'llaniladi. staticturili metodlarga faqat o'z sinfida aniqlangan staticma'lumotlarga to'g'ridan-to'g'ri kirish huquqi mavjud. U, xususan, o'z sinfining nusxa o`zgaruvchilarini ham ishlata olmaydi, chunki birorta ob'ektlar tarkibida mavjud emas.
Quyida sinfning staticValDivDenom() metodni qabul qila olmasligiga misol. class StaticError { public int Denom =3; // oddiy nusxa o'zgaruvchi public static int Val = 1024; // static o'zgaruvchi /* Xato! static metod static bo`lmagan o'zgaruvchini bevosita qabul qilinishi mumkin emas. */ static int ValDivDenom() { return Val/Denom; //kompilyatsiya qilinmaydi! } } Koddagi Denomoddiy o'zgaruvchi bo`1ganligi sababli, staticturili metodda unga ruxsat mavjud emas. Shu bilan birga, bu metod Valo'zgaruvchisidan foydalanishi mumkin, chunki u statik deb e'lon qilingan. Quyidagi misolda bo'lgani kabi, bir xil sinfning staticmetodidan satic bo`lmagan metodini chaqirishga urinishda ham shunga o'xshash xato paydo bo'ladi. using System; class AnotherStaticError { // Nonsatik metod. void NonStaticMeth() { Console.WriteLine("ВметодеNonStaticMeth()."); } /* Xato! static metod static bo`lmagan metodni bevosita chqairishi mumkin emas. */ static void staticMeth() { NonStaticMeth(); // kompilyatsiya qilinmaydi! } } Bunday holda, staticmetoddan nostatik metodni (masalan, nusxa metodida) chaqirishga urinish kompilyatsiya paytida xatolikka olib keladi. Shuni ta'kidlash lozimki, static turili metodlardan nusxa metodlariga va nusxa o'zgaruvchilariga kirish mumkin emas, odatda bu holat sinf ob'ektlari orqali amalga oshiriladi. Buning sababi shundaki, muayyan ob'ektni ko'rsatmasdan, nusxa o`zgaruvchi yoki nusxa metodiga kirish uchun ruxsat yo`q. Misol uchun, quyidagi kod butunlay to'g'ri hisoblanadi.