Meros (Наследование). Meros-bu bir ob'ektdan boshqa ob'ektning xususiyatlarini olish jarayonini taqdim etadi. Bu juda muhim jarayon bo`lib u ierarxik tasniflash tamoyili bilan ta'minlaydi. Agar o'ylab ko'rilsa, bilimlarning aksariyati ierarxik tasniflash orqali pastga qarab tizimlashtirilishi mumkin. Misol uchun, olmaning "Jonathan" navi olma navlarining umumiy tasnifiga kiritilgan bo'lib, ular o'z navbatida meva sinfiga kiradi va ular nisbattan kattaroq sinf oziq-ovqat sinfiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, oziq-ovqat sinfining bir qator xususiyatlari (ovqatlanish, ozuqaviy qiymat va boshqalar) mavjud bo'lib, u narsalarning mantig'iga ko'ra mevaning pastki sinfiga qadar tarqaladi. Bu xususiyatlari bilan bir qatorda, meva sinfining boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan farqli o'z xususiyatlari(sersuvlik, totlilik, va hokazo) bor. Olma sinfining ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud (daraxtlarda o'sadi, tropik meva emas, va hokazo). Shunday qilib, "Jonathan" navili olma avvalgi sinflarning xususiyatlarini meros qilib oladi va ayni paytda faqat shu olma turiga xos xususiyatlarga ham ega, masalan, sariq xumsimon qizil rangli sirti va o`ziga xos hid va ta'mga ega. Agar siz ierarxiyadan foydalanmasangiz, u holda har bir ob'ektning barcha xususiyatlarini aniq belgilab qo`yishingiz kerak bo'ladi. Agar siz merosdan foydalansangiz, unda faqat o'z sinfidagi maxsus ob'ektni aniqlaydigan xususiyatlarni belgilashingiz kifoya. Shuningdek, u sinf ustidan umumiy xususiyatlarni meros qilib olishi mumkin. Natijada, meros mexanizmi tufayli har bir ob'ekt umumiy sinfning alohida nusxasiga aylanadi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Savollarga javobni 1 ta Microsoft MS Word hujjatda savollar raqamini yozib javoblari bilan jo`nating!!! !!! Yodda tuting nazorat savollari belgilangan vaqtdan kechiktirmasdan jo`natish lozim!!! Nazorat savollari 1. Inkapsulyatsiya haqida ma`lumot bering.