Baxtsiz hodisalar haqidagi Nizom haqida tushuncha bering.
Baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish daftari qanday to`ldiriladi?
N – 1 shakldagi dalolatnoma qanday to`ldiriladi?
Baxtsiz hodisani rasmiylashtirish maxsus dalolatnomasi qaysi holatda to`ldiriladi?
Baxtsiz hodisa ko`rsatkichlarini tushuntiring.
Baxtsiz hodisalarning hisobotlarini tushuntiring.
2-MAVZU AHOLI VA HUDUDLARNI TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI TERRORCHILIK HARAKATLARIDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH
Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar.
Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish
Aholi va hududlarni terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilishni tashkil etish
Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki
Tayanch iboralar: radiaktiv zararlanish, kimyoviy zaharlanish, aholini ko‘chirishni tashkil etish, xalqaro terrorizm, terrorizmga qarshi kurash, gidrotexnik inshoot, avariya, yong‘inni bartaraf etish, shikastlanganlarga yordam ko‘rsatish.
Gidrotexnik halokatlar va avariyalar yuz berganda FV ga olib keluvchi asosiy sabablar
GTI halokat turlari va sabablari (shikastlovchi omillar va ko‘rsatkichlar)
Gidrotexnika ob’ektlarida xavf-xatar sodir bo‘lganda aholi o‘zini tuta bilish qoidalari va xarakatlari.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikamizda 1999 yil 20 avgustda “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
Markaziy Osiyoda gidrotexnik inshootlarning ishonchli va uzluksiz, umuman olganda xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash o‘ta muhim hisoblanadi.
Dunyo miqyosida suv omborlarining dambalari va boshqa gidrotexnik inshootlarni ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inshootlar 30-40 yildan ortiq ishlayotgan bo‘lsa, u inshootlar avariya (buzilish) xolatiga tushib, katta maydonlarda favqulodda xolatlarga olib kelishi mumkin va natijada insonlar xayotiga, mamlakat iqtisodiyatiga og‘ir musibat keltirishi mumkin.
Gidrotexnika inshootlarini avariyalarini oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar, ularni sodir bo‘lgandan keyin ko‘rilgan choralarga nisbatan ham samarali ham kam chiqimlidir.