Rejalarning xususiyatlari
Korxona fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori ob’ektning tinchlik davriga mo‘ljallangan harakat rejasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib ketganda yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan kimyoviy sharoitdan chiqariladigan xulosalarni beradi va quyidagilarni belgilaydi:
-Ob’ekt xodimlarini va korxona yaqinidagi aholini muhofaza qilishga oid asosiy vazifalar;
-muhofaza tadbirlarini o‘tkazish qaroridan maqsad;
-jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo‘lish muddatlari;
-hamkorlikni tashkil etish hamda kuchlar va boshqaruv organlari hatti-harakatlarini ta’minlash asoslari.
Rejani fuqaro muhofazasi boshlig‘ining o‘rinbosari ishlab chiqadi. Ayrim masalalarni hal etish uchun xabar berish va aloqa xizmatining, tibbiy, radiatsiyaga va kimyoviy moddalarga qarshi muhofaza, jamoat tartibini saqlash, yong‘indan saqlash xizmatlarining, moddiy-texnik ta’minoti, avariya, texnik va boshqa xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |