Antibiotiklar (anti-qarshi va bios–hayot) – ba’zi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta’sir etadi

Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oddi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 – 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) koʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos ta’sir koʻrsatadi. Mac, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bogʻliq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi.