Oqsil va antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: Antibiotiklar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahmiyati; Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish
Oqsil va antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja:
1. Antibiotiklar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahmiyati; 2.Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish 3. Oqsillar biotexnologiyasi 4. Biologik faol mikrob oqsillari va garmonlari ishlab chiqarish. Antibiotiklar Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo‘jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamitsin, kosgalitsin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penitsillin, tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo‘llaniladi.
Atigi 6 avlodga mansub zamburug‘larni 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Ko‘pgina antibiotiklarni aktinomitsetlar sintez qiladilar. Birgina Streptovyces griscus 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penitsillinlar va sefolasporinlardir.
Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug‘lar Penicillum va Ctpholosporum avlodiga mansub. Streptomitsin, gentamitsin, tetrasiklin kabi antibiotik Streptomyces avlodiga mansub aktinomitsetlar hamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar tomonlaridan sintez qilinadilar..
Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlarini asosan mutagenez va seleksiya yo‘llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentatsiya sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penitsillin ishlab chiqaradigan shtammni hosildorligi 1 litr oziqa muhitida 40 grammgacha ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich, dastlabki, Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko‘proqdir.
Shuningdek, modifikatsiya qilingan antibiotiklarni ishlab-chiqarish imkoniyatini beradigan mutasintez usuli ham yaratildi. Bu usul - antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o‘zgarish kiritilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan.
Funksional faol bo‘lgan antibiotik sintez qiluvchi oziqa muhitiga o‘zgartirilgan qismni anologlari qo‘shiladi va oqibatda o‘sha qo‘shilgan modda saqlagan, antibiotikni modifikatsiyalari hosil bo‘ladi. Bu usul ayniqsa patogen bakteriyalarni antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarda juda qo‘l keladi.
Ma’lum bir qismi o‘zgargan, ammo funksional faolligi saqlanib qolgan antibiotiklarga moslashish qiyinlashib boradi. Hozirgi paytda ampitsillin, sefoleksin, metitsillin kabi yarim sintetik antibiotiklardan keng foydalanilmoqda.
Antibiotiklar - mikroorganizmlarning 10 dan 30 gacha ba’zida esa undan ham ko‘proq gen maxsulotlarining hamkorlikdagi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham gen muhandisligi orqali serhosil shtammlar yaratish ancha mushkul ish. Ammo, bu muammo bir operonda sintez bo‘ladigan multifermentlar kompleksi orqali sintez bo‘ladigan peptid bog‘li antibiotiklarga ta’luqli emas. Bir mikroorganizmlardagi genlarni shu avlodga yaqin bo‘lgan mikroorganizmlarga o‘tkazish natijasida yangi xususiyatga ega bo‘lgan “gibrid” antibiotiklari sintez qilishga erishish mumkin.
Xuddi shu usul bilan 1988 yilda AQShda biokimyogar Mixael Xopvud tomonidan ishlatilgan edi. Oqibatda antinorodin va medermitsin antibiotiklarini biosintezida ishtirok etuvchi genlarni qo‘shish natijasida “mederrodin” deb atalgan yangi antibiotik yaratishga erishilgan edi. Xuddi shu olim tomonidan keyinroq digidrogranatirodin nomli gibrid antibiotik sintez qiluvchi yangi shtamm ham yaratilgan edi. Ba’zi bir misollarda hujayrada antibiotik sintez qiluvchi genlarning nusxalarini ko‘paytirish natijasida mikroorganizmlar shtammlarini hosildorligini oshirish mumkinligi ham keltirib o‘tilgan. Masalan, xuddi shu usul bilan antinorodin antibiotigini sintezi bir necha marotaba oshirilganligi ilmiy adabiyotlarda keltirilgan.
Antibiotiklar tibbiyotdan tashqari qishloq xo‘jaligida (hayvonlarni davolash hamda hayvonlar bolalarining o‘sib rivojlanishini jadallashtirish) va oziq ovqat sanoatida (konservatsiya jarayonlarida) keng ishlatiladi. 1987 yilda chet elda ishlab chiqarilgan antibiotiklarning miqdori 3,7 mlrd. dollorni, 1992 yiil 4,2 mlrd. dollorni tashkil etgan bo‘lsa 2000 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 6 mlrd. dan oshib ketdi. Ko‘pchilik hollarda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi ularni antogonistlari -boshqa bakteriyalardan foydalaniladi.
Misol tariqasida tish emalini yemiradigan Streptococcus mutans shtammiga qarshi shu bakteriyani mutant shtammini qeltirish mumkin. Tabiiy shtammga qarshi og‘iz chayishga tavsiya qilingan mutant shtamm o‘zidan tabiiy shtammni o‘ldiradigan oqsil chiqaradi va natijada tishni sog‘lom saqlab qolishga erishiladi. Bu holatda antogonist bakteriyalar biosterilizatorlar vazifasini bajaradilar. Xuddi shu yo‘l bilan qishloq xo‘jalik o‘simliklarini himoya qilish ham mumkin.
Misol tariqasida Fusarium oxysporum zamburug‘i chaqiradigan pomidor ko‘chatidagi yuqumli kasallikni ko‘rsatish mumkin. Bu kasallik, shu zamburug‘ chaqiradigan fuzar kislotasini ta’sirida kelib chiqadi. Bunga qarshi esa Pseudomonas solanacterium bakteriyasidan keng qo‘llaniladi. Pseudomonas bakteriyasi fuzar kislotasini o‘z hujayrasiga yutib olish xususiyatiga ega va shu sababli uning kasallik qo‘zg‘atish xususiyatini kamaytiradi.