Savol va topshiriqlar: 1. Alisher Navoiy ijodiga uning hayotlik chog‘idayoq qiziqish paydo bo‘lganining sababi nimada deb o‘ylaysiz? 2. Navoiyshunoslikning tadrijiy taraqqiyotini qanday bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin? 3. Hazrat Navoiyning qaysi asarlarida o‘zi bilan bog‘liq ma’lumotlar bayon etilgan? 4. Navoiy haqida zamondoshlari tomonidan yozilgan yoki zikr ztilgan asarlar nomlarini ayting. 5. G‘arb adabiyotshunoslari Navoiyni dastavval tarjmon-shoir sifatida tushunganlari sababini qanday izohlash mumkin? 6. Zamonaviy G‘arb navoiyshunoslaridan kimlarni bilasiz? 7. Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida so‘zlab bering. 8. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar beruvchi qanday asarlarni bilasiz? 9. Samarqandga ketar chog‘ida Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasherga yozgan masnaviysida Xamsa»ni o‘ttiz oyda yoza olishini aytadi. Bu holatni qanday baholagan bo‘lardingiz? Navoiy bunday da’vo qilishga haqli edimi? 10. Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan masnaviy matniga tayanib Alisher Navoiyning Samarqandga ketish sabablarini aytib bering. 11. Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlariga to‘xtaling. 12. Hazrat Navoiyning haj safaridan qolishiga qaysi voqealar sabab bo‘ladi?
Mavzuni mustakamlash uchun o‘quv topshiriqlar 1-o‘quv topshiriq «Qanday» organayzerini to‘ldiring Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi.
Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida
қққилинган?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday Qanday? Qanday?
Qanday?
2-o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Savol
Navoiy o`z davri manbalarida qanday ta`riflangan ?
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring