Loyiha maqsadi:Tezyurar poyezdlar harakatini tashkil etish, Toshkent, Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona transport yoʻnalishiga birlashtiruvchi turistik marshrutni shakllantirish asosida Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan amaliy foydalanish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish.
Moliyalashtirish manbai— “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari shuningdek Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiya banki mablagʻlari hisobidan.
Obyektning tahminiy umumiy qiymati— 445,6 mln. dollar, shundan: “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz mablagʻlari — 175,66 mln. dollar;
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari 270,0 mln. dollar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan, shu jumladan, OTB qarz mablagʻlari — 162,0 mln. dollar hamda OIIB — 108,0 mln. dollar imtiyozli qarz mablagʻlari.
Loyixani amalga oshirish muddati:2022 - 2026 yy.