birinchidan, pul bozori foiz stavkalarini boshqarishga va ularning Markaziy bank asosiy stavkasiga yaqin darajada shakllanishiga xizmat qiladi;
ikkinchidan, tijorat banklari uchun belgilangan normativlar doirasida likvidlilikni samarali boshqarish hamda bir vaqtning ozida daromad olish imkonini beradi va bu bankning kredit operatsiyalari boyicha foiz stavkalarini tushirishga imkon beradi;
uchinchidan, moliya bozorining rivojlanishi va “daromadlilik egri chizigi”ning shakllanishi uchun zarur bolgan, foiz stavkalarni belgilash boyicha asos (benchmark) bolib xizmat qiladi.
Malumot uchun: “daromadlilik egri chizigi” moliyaviy instrumentlarning (masalan, obligatsiyalarning) muomala muddatiga bogliq foiz stavkalaridagi ozgaruvchanlikni korsatadi. Odatda, obligatsiyalarning muomala muddati qanchalik uzoq bolsa, uning daromadligi shunchalik yuqori boladi.
tortinchidan, Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilishi pul va moliya bozorining boshqa tarmoqlari rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi asosiy instrument sifatida qaraladi.
Ozbekiston Respublikasi Markaziy depozitariyasi tomonidan qimmatli qogozlar bozorida amalga oshirilgan ishlar
Qimmatli qogozlarni saqlash va hisobini yuritish.
2023 yilning 01 aprelidagi holatga kora, Markaziy depozitariyda 613 aksiyadorlik jamiyatining 178 661,95 mlrd.som umumiy nominal qiymatga ega 16 432,49 mlrd.dona qimmatli qogozlar chiqarilishlari hisobi yuritilmoqda.
2023 yilning 1 choragi davomida qimmatli qogozlar chiqarilishlari hajmi 11 899,46mlrd. somga kopaydi, aksiyalarning soni esa 13,52 mlrd. donaga qamaydi.
Markaziy depozitariyda shuningdek, 28 emitent tomonidan chiqarilgan 880,60 mlrd.som umumiy miqdorga ega 625,9 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritilmoqda. Ularning 504,63 mlrd.som umumiy miqdorga ega 255,6 ming donasi 21ta MCHJ tomonidan chiqarilgan.
Qimmatli qogozlar bozoriga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning 7 oylik hisoboti:
Yuqorida keltirilgan rasmda qimmatli qogozlar bozorining 7 oylik hisoboti aks ettirilgan bolib, ushbu korsatkichlarga kora hozirda respublikada aksiyalar boyicha umumiy emissiyalar hajmi 182099.8 mlrd. somni tashkil qilib, ushbu emissiyaviy hajmni yuzaga keltirgan 616 ta emitentlar mavjudligi keltirilgan. Korparativ obligatsiyalar boyicha esa, umumiy emissiya hajmi 836.8 mlrd. somni tashkil qilib, emitentlar soni esa 29 tani tashkil qilganligini kuzatish mumkin.
Davlat aktivlarini saqlash va hisobini yuritish.
01.04.2023 yildagi holatga kora, 235 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 149 974,7 mlrd.somni tashkil etdi (shu jumladan, Markaziy depozitariyda 221 aksiyadorlik jamiyatining 149 931,7 mlrd.som miqdordagi aksiya korinishida davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). 2023 yilning 1 choragi davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bolgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 12 taga, mavjud davlat ulushi hajmi esa 15 399,3 mlrd.somga ortdi.
Xojalik boshqaruvi organlarining 143 AJ ustav fondidagi ulushlari hajmi 3 809,7 mlrd.somni tashkil etdi. 2023 yilning 1 choragi davomida xojalik boshqaruvi organlari aktivlarining hajmi 3 801,1 mlrd.somga, AJlar soni esa 19 taga kamaydi.
Yuqorida keltirilgan malumotlarda “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining ulushini korib chiqadigan bolsak,
Ushbu aksiyadorlik jamiyati oxirgi marotaba 2015-yilda 1 185 021 300 dona
hujjatsiz oddiy aksiya chiqargan. Hozirgi kungacha aksiya emissiyasini amalga oshirmagan.
2016 yil 1 yanvar holatiga “Ozbekiston temir yollari” AJ quydagi jamiyatlarning aksiyalarini sotib oldi:
1. “Eyvalekmahsustemirbeton” AJ — aksiyalar soni 183544 ta
2. “Toshkent mexanika zavodi” AJ - aksiyalar soni 11232552 ta
3. “Ozsanoatqurilishbank” OAJ - aksiyalar soni 1534447 ta
4. ATB “Ipoteka Bank” - aksiyalar soni 1417435 ta
5. “Qurilishmashlizing” - aksiyalar soni 700000 ta aksiyalarini sotib olgan.
Dostları ilə paylaş: |