O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida rivojlanishi va bozor iktisodiyotiga
asoslangan huquqiy-demokratik davlatning barpo etilishida arxiv muassasalarining o‘rni
beqiyosdir. Bugungi kunda Respublika arxiv ishi soxasida ham bir qator islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ular 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan «Arxivlar to‘g‘risida»gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktabrdagi
«Arxiv bo‘yicha meyoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» va 2004 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari asosida
o‘tkazilmokda.
Arxiv ishi nazariyasi, amaliyoti va hujjat yuritish yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun muljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston arxiv ishi tarixi, nazariyasi va
amaliyoti kabi muhim masalalar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi.
Xususan, arxivshunoslik fanlarida arxiv huquqi asoslari, davlat arxivlarida doimiy saqlash
uchun hujjatlarni ajratib olish, ular saqlovini ta’minlash tamoyili va uslublari, arxiv materiallarini
saqlash usullari, hujjatlarning mazmuni tugrisidagi ilmiy ma’lumotnomalar tizimini yaratish,
ulardan foydalanish, arxiv muassasalari ishini tashkil etish kabi masalalar ilmiy jihatdan bayon
etib o‘rgatiladi va o‘rganiladi.
Arxiv ishining tashkil etilish tarixi obyekti arxiv muassasalari faoliyati, arxiv fondi va
hujjatlarning paydo bo‘lishini o‘rganish hisoblanib, unda ma’lum bir davlat arxiv ishining
shakllanishi va rivojlanishi masalalari yoritiladi.
Arxivshunoslik — Arxivlarning tarixi va ijtimoiy vazifalari, Arxiv ishining nazariyasi
va metodikasi masalalarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Arxivshunoslik Arxiv ishi nazariyasi,
Arxiv ishi tarixi, Arxiv manbashunosligi, Arxivshunoslikning ilmiy metodikasi kabi tarmoqlarga
bo‘linadi. Arxivshunoslikda Arxivlarning tabiat va jamiyatni o‘rganish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
manbalarni to‘ldirish, Arxiv buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, o‘rganish va saylash, ekspozitsiya
va ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy— ma’rifatparvarlik faoliyati va boshqalarda namoyon
bo‘ladigan sotsial funksiyalari ustida tadqiqotlar olib boriladi. Shuningdek Arxivlarni to‘ldirish,
yodgorliklarni hisobga olish, saqlash va restavratsiya qilishning ilmiy prinsiplarini o‘rganadi.
Arxivshunoslik deganda odatda «Arxiv ishi haqidagi fan», «Arxivlar haqidagi fan» yoki
qisqa qilib aytganda Arxiv nazariyasi» tushuniladi. Lekin bu yuzaki tasavvur bo‘lib, hozirgi kunda
shu bilan kifoyalanib bo‘lmaydi - Shunday ekan Arxivshunoslik tushunchasining hal qiluvchi
aniqlovchi belgisi va formulirovkasini aniqlash vazifasi paydo bo‘ladi. yagona va hamma tan
oladigan ilmiy ta’rif hozircha mavjud emas, bunday murakkablik faqat Arxivshunoslikka xos
bo‘lmasdan, yangi paydo bo‘lgan ko‘plab fanlarda mavjud.
Arxivshunoslik (kamida XVI asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va materiallarni
tizimlashtirishning uzoq yo‘li orqali o‘zining nazariy tizimini, uslubini va fanlar ichidagi o‘zining
o‘rnini aniqlay boshladi. Lekin faqat keyingi o‘n yilliklarda asosiy tushunchalarning shakllanishi,
fanning umumiy nazariy elementlari yaratildi .Arxivshunoslikning rivojlanishini belgilab berdi.
Arxivshunoslikka oid adabiyotlarda ilmiy fan bo‘lgan. Arxivshunoslik bir xilda tadqiq
qilinmaydi. Ko‘plab mamlakatlarda Arxivshunoslikka mustaqil fan sifatida qaraladi, lekin uning
xarakterli belgilarini aniqlashda ayrim tafovutlar, kelishmovchiliklar mavjud.
Bundan tashqari ayrim mamlakatlardagi olimlar Arxivshunoslikning maxsus fan sifatida
shakllanishi mumkinligini butunlay rad qilishadi. Shularga qaramasdan hozirgi kunda
Arxivshunoslik Arxivlarning Xalqaro Kengashi (IKOM) tomonidan to‘la tan olindi. Shunday
qilib, Arxivshunoslikka ta’rif beradigan bo‘lsak, Arxivshunoslik — bu ijtimoiy fan bo‘lib, sotsial
informatsiyalarni to‘plash, saqlash jarayonlarini, bilimlarni va hissiyotni bilish va Arxiv
predmetlari orqali yyetkazib berishi, Arxiv ishini, ijtimoiy institut sifatida Arxivni, uning sotsial
funksiyalarini va turli ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ularning amalga oshirish formalarini
o‘rganadi.
Lekin o‘rganishning predmeti, o‘rganishning obyyektidan farq qilib, doimo o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak va ana shu o‘ziga xoslik mustaqil ilmiy fanning muhim belgisi
hisoblanadi.. Uni topish va loyihalash kerak bo‘ladi. Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlarga
tayanib, Arxivshunoslikning predmetini quyidagicha belgilash mumkin: Arxivshunoslikning
predmeti— sotsial axborotlarni to‘plash va saqlash jarayonlarini, bilimlarni, an’analarni,
tasavvurlarni va hissiyotini anglash va Arxiv predmetlari orqali yyetkazib berishning, Arxivning,
Arxiv ishining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ijtimoiy doirasini o‘rganishdan iboratdir.
Endi Arxiv predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga olimlar XVII
asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan.
I. D.Mayorning urinishlari bunga misol bo‘la oladi. U Arxivda sakalanadigan predmetlarga
real, to‘la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan.
XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, Arxivlarda saqlanayotgan
predmetlarga ko‘proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at asarlari, tabiat parchalari sifatida
qarala boshlandi, bularning barchasini umumlashtiruvchi «kolleksion predmet» degan
tushuncha paydo bo‘ldi.
Hozirgi paytda Arxiv predmeti deganda asl nusxadagi hujjat ahamiyatiga ega bo‘lgan va
Arxiv sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki tabiat hayoti tushuniladi.
Hozirgacha fan to‘plagan ma’lumotlarga asoslanib Arxiv predmeti—bu real voqelikdan
ajratib olingan, Arxiv ahamiyatiga ega bo‘lgan, Arxiv to‘plamiga kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi
mumkin bo‘lgan predmetdir. U ijtimoiy yoki tabiiy— ilmiy axborotlarni tashuvchi — bilimlar va
ruhiy kechinmalarning asl manbai, madaniy—tarixiy boylik — milliy mulkning bir bo‘lagi
hisoblanadi,
Aytilganlardan xulosa qilib Arxivga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Arxiv — bu sotsial
axborotlarni tarixan o‘zaro bog‘lovchi ko‘p funksiyali institut bo‘lib, madaniy — tarixiy va tabiiy
— ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to‘plashga va Arxiv predmetlari orqali tarqatishga
mo‘ljallangandir. Arxiv turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi,
Arxiv predmetlarining kolleksiyasini to‘ldiradi, saqlaydi, o‘rganadi, shuningdek ulardan ilmiy,
ma’rifiy—tarbiyaviy va tashviqotchilik maqsadlarida foydalaniladi.
Arxivshunoslikda qo‘llaniladigan uslublar:
1. Arxiv predmetlarini tadqiq qilishda, Arxiv kommunikatsiyasini amalga oshirishda
ijtimoiy va tabiiy fanlarning har xil uslublari qo‘llaniladi, jumladan, maxsus va yordamchi tarix
fanlarining, san’atshunoslik va adabiyotshunoslikning uslublari keng qo‘llaniladi. Arxiv
ekspozitsiyasini va ko‘rgazmasini tayyorlashda, Arxivga keluvchilarni o‘rganishda va turli
formadagi ta’lim — tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishda pedagogika va psixologiyaning
uslublaridan ham foydalaniladi. Arxiv predmetlarini restavratsiya va konservatsiya qilishda tabiiy
fanlarning uslublari — rentgenografiya, spektografiya va boshqa uslublar qo‘llaniladi.
2. Ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud bo‘lgan dala tadqiqotlari uslubidan
foydalaniladi. Bu uslub mavjud bo‘lgan va amal qilinayotgan tizimlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
3. Jamiyat hayotini bevosita kuzatib borish uslubidir.
4. Ekspozitsiya sohasidagi tadqiqot, uni o‘zlashtirish, konservatsiyaga oid ish, Arxiv
predmetlarini restavratsiya qilish eksperemental uslubni qo‘llashni talab qiladi.
Bu uslublarning barchasi Arxivshunoslikda o‘rganish predmetining xususiyatiga qarab
bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Arxivshunoslikda qo‘llaniladigan ilmiy uslublar hozircha
ana shulardan iborat. Albatta fanning rivojlanishi bilan qo‘llaniladigan uslublar ham ko‘paya
boraveradi.
Arxeografiya – yozma tarixiy manbalarni nashr etish nazariyasi va metodikasi bilan
shug‘ullanib, arxiv hujjatlarini e’lon qilish orqali ulardan ilmiy-ommabop maqsadda foydalanish
masalalarini hal qiladi.
Arxiv huquqi – arxiv xizmatlari faoliyatini belgilab beruvchi qonun va meyoriy hujjatlarni
o‘rgatishga qaratilgan fan tarmog‘i.
Arxiv boshkaruvchi – arxiv ishini tashkil etish va boshqarish masalalarini yoritadi.
Arxiv statistikasi – boshkaruv hujjatlari tizimini tashkil etadi, hisob-kitob va statistik
kuzatuvlar orqali istiqbolli rejalar ishlab chiqadi.
Avtomatlashtirilgan arxiv texnologiyalari – arxiv ma’lumotlarini qayta ishlash va qidirish
ishlarini kompyuter texnikalari yordamida takomillashtirish nazariyasi va uslubiyotini o‘rgatadi.
Yuqorida bayon etilgan arxivshunoslikning asosiy tarkibiy kismlaridan yana biri arxiv ishi
nazariyasi va amaliyoti sanaladi (AINA) .
Arxivshunoslik arxivda saqlanuvchi va saqlanishi kerak bo‘lgan qog‘ozli asosdagi matnli
hujjatlar, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar, mikrofilm va boshqa manbalar
kiradi.
Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti predmetiga hujjatlar bilan ilmiy ishlashning quyidagi
tamoyil va usullari kiradi:
Davlat arxivlarida hujjatlarni saqlash uchun aniqlash va ajratib olish;
Ular saqlovini to‘lakonli ta’minlash;
Hujjatlarni saqlashni ta’minlovchi usullarni o‘rganish;
Hujjatlar mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini yaratish;
Ulardan atroflicha foydalanishni tashkil etish;
Arxiv muassasalari ishini tashkil etishni o‘rganish va ilmiy jihatdan ishlab chiqish.
Mazkur ishlarni tashkil qilishda tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.
Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti tarixiylik tamoyili – ilmiy tamoyil bo‘lib, unga muvofiq
arxivshunoslik obyekti va predmeti aniq tarixiy sharoit hamda obyekt va predmetning taraqqiyoti
qonunlarni hisobga olgan holda tadqiq etiladi.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tarix, davlat muassasalari tarixi,
manbashunoslik, yordamchi tarix fanlari, hujjatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar
bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.
Tarix fani – inson jamiyatining taraqqiyoti jarayonlarini, mazkur rivojlanishning sabab va
omillarini o‘rganadi. Mazkur fan yutuklariga asoslanib, arxivshunoslik hujjatlari bilan ishlash
uslublari yaratiladi.
Davlat muassasalari tarixi – muassasa, tashkilot, idoralarning tashkil etilishidan to oxirgi
kungacha bulgan tizimi va vazifalarini o‘rganadi. U turli xil muassasalarning faoliyati va vazifalari
doirasiga ko‘ra arxiv fondlarini tashkil etish yo‘llarini aniqlashda yordam beradi.
Manbashunoslik – arxiv hujjatlarini davlat saqloviga tanlab olishda, turkumlashda va tarif
berishda, hujjatlarning tashqi va ichki tahlilini olib borishda yordam beradi.
Arxivshunoslikning yordamchi (maxsus) tarix fanlar bilan bog‘liq-ligini o‘rganishda
quyidagi fanlarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur:
Paleografiya – qadimgi qo‘lyozmalarni o‘qish, sanasini hamda aslini aniqlash maqsadida
ularning yozma belgilari hamda boshqa tashqi alomatlarini o‘rganadi. Demak, paleografiya
qadimgi qo‘lyozma hujjatlarni saqlash uchun tanlab olishda ularning muallifi, yaratilgan joyi,
sanasini aniqlash va mazmunini o‘qib tushunishda yordam beradi.
Tarixiy xronologiya – tarixda mavjud bo‘lgan vaqt birliklariga zamonaviy vaqt birliklariga
taqqoslab bilish va hujjatlar yaratilgan joyini aniqlash uchun foydalaniladi.
Tarixiy metrologiya – qadimgi davrdagi ulchov birliklarini tushinish va ularni zamonaviy
birliklar bilan solishtirish, hujjatlarning yaratilgan joyi va vaqtini aniqlashga ko‘maklashadi.
Sfragistika – yordamida hujjatlarga qo‘yilgan muhrlar orqali ularni qaysi davlat, hudud,
idora, familiya yoki shaxsga tegishli bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Geraldika – davlatlar gerblarining kelib chiqishi, ramzlarining ijtimoiy-huquqiy mohiyatini
aniqlashga va tushunishga yordam beradi.
Bundan tashqari epigrafika, geneologiya, numizmatika, diplomatika va tarixiy geografiya
kabi yordamchi fanlar ham muhim ahamiyatga ega.
Hujjatshunoslik fani arxivshunosga hujjatlarning paydo bo‘lishi qonuniyatlarini
tushunishida, ularni yaratish usullari bo‘yicha ajratish, harakatini tashkil etish va hujjatlashtirish
tizimini qurish tamoyillarini ishlab chiqishda yordam beradi. Hujjatshunoslik usullariga asoslanib
arxivshunoslikda turli xil eksperiment-tajribalar o‘tkazish mumkin.
Arxivlar ko‘p asrlik tarixga ega.
Misol tariqasida qadimgi Yunon Arxivlarini keltirish mumkin. Arxivlarning dastlabki
vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog‘i atrofida muzalarga bag‘ishlab har besh yilda
bir marta bayramlar o‘tkazilib,unda shoirlar, rassomlar, va haykaltaroshlarning o‘zaro
musobaqalari bo‘lib turgan.
Arxivlar, ayniqsa, Yevropada uyg‘onish davrida rivojlangan. XV asrda Italiyada ilk
marotaba ommaviy Arxiv ochilgan. Londondagi Britaniya Arxivi (1753), Parijdagi Luvr Arxivi-
(1793) va boshqalar ham Yevropadagi ilk ommaviy Arxivlardan hisoblanadi.
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston Arxivlari haqida gapiriladigan bo‘lsa, san’at
asarlari, badiiy boyliklar, odamlar sig‘inadigan hayvonlar, xudolarning haykallari va yozuvlari
qadrlangan va yig‘ib borilgan, ammo ommaviy Arxivlar yurtimizda rus bosqinidan keyin paydo
bo‘lgan.
O‘rta Osiyo xalqlari qadimdan Yaqin Sharq va G‘arb davlatlari, ya’ni Urartu, Misr,
Gretsiya, Bobil, Rim kabilar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatganlar. O‘rta Osiyo
zaminida o‘tgan mashhur «Buyuk ipak yo‘li» Sharqiy Osiyo va Hindistonni O‘rta yyer dengizi
mamlakatlari bilan bog‘lar edi.
Bunday jozibali o‘lka barcha - davlatlarda chet el istilochilarining diqqat markazida
bo‘lgan. Shu sababli taqdir taqozosi bilan O‘rta Osiyoning tarixiy qismati juda og‘ir kechdi.
Bosqinchilik urushlari, hukmron doiralarning o‘zaro ichki ziddiyatlari tufayli to‘s — to‘polonlar
ham tez — tez yuz berib turgan.
Doimiy qirg‘inlar tufayli betakror saroylar, go‘zal shaharlar, noyob inshootlar vayronaga
aylanib, yig‘ilgan bebaho madaniy boyliklar g‘oliblar o‘ljasi bo‘lardi.
Muarrix Muhammad Narshaxiyning guvohlik berishicha, arablar Poykant janglaridan
hisobsiz tillo, kumush buyumlar, qurol - aslahalar, qimmatbaho kiyim — kechaklardan iborat katta
o‘lja bilan qaytganlar. Arab istilosi davrida xazina to‘plash, madaniy boylik jamg‘arish ishlarida
durustroq siljish yuz bermadi.
O‘rta Osiyoda mustaqil Somoniylar davlatining (IX—X asrlar) barpo bo‘lishi bu borada
tubdan o‘zgarish qildi. Bu davrda saroy boyliklaridan tashqari, katta kutubxonalar, arxivlar tashkil
etildi.
Tarix guvohligicha, X asrdagi Buxoro va SHeroz amirliklari kutubxonalarida insoniyat
yaratgan ko‘plab nodir kitoblar bo‘lgan. G‘aznaviy sulolasining asoschisi Muhammad G‘aznaviy
ham juda ko‘p kitoblar to‘plagan. Xorazmshoh Muhammad mamlakatning ravnaqi yo‘lida katta
ishlar qildi. Go‘zal saroylar, qasrlar, maqbaralar qurdi. Nodir moddiy — ma’naviy boyliklar
to‘plandi, ammo bu betakror san’at va madaniyat yodgorliklari, butun shaharlar mo‘g‘ul
bosqinchilari istilosi tufayli yo‘qotildi. Kutubxonalar yondirildi, madaniy hayot 100 yillar orqaga
chekindi.