Rentgenografiya (rentgen va ... grafiya) — obyekt (Masalan, organizmning biror qismi) tasvirini rentgenogramma yordamida tekshirish; rentgenodiagnostika asosiy usullaridan biri. Rentgenografiya paytida obyekt rentgen nurlari manbai bilan rentgenoplyonka yoki plastinkali kasseta orasida turadi. Ayrim xillarda quyuq soya bermaydigan va atrofdagi aʼzo va toʻqimalardan yaqqol ajralib koʻrinmaydigan aʼzolarga rentgen kontrast moddalar yuborib, rentgenogrammasi olinadi. Olingan surat davolash muassasasida saqlanadigan hujjat boʻlib, bundan keyingi rentgenogrammalar bilan taqqoslashga xizmat kiladi
Elektronografiya (elektron va ...grafiya) — moddalar strukturasini elektron asboblar yordamida oʻrganish usuli. Tekshiriladigan namunaning tezlatilgan elektronlarni sochishini oʻrganishga asoslangan. Kristallar, amorf jismlar va suyukliklarning atom strukturasini, gaz va bugʻlardagi molekulalarni oʻrganishda qoʻllaniladi. Elektronlar difraksiyasi (zarralar difraksiyasi) Elektronografiyaning fizik asosi hisoblanadi; toʻlqin xossasiga ega boʻlgan elektronlar moddadan oʻtayotganda atomlar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, natijada alohida difraksiyalanadigan dastalar hosil boʻladi. Bu dastalarning intensivligi va fazoda taqsimlanishi namunaning atom strukturasi, oʻlchamlari va boshqalarga qatʼiy mos keladi. Elektronlarning moddada tarqalishi atdmlarning elektrostatik potensiadlari bilan aniqlanadi. Elektronografik tekshirish maxsus asboblar — elektronograf va elektron mikroskoplarda bajariladi. Elektronografiya metallokristallistik holda boʻlgan koʻpgina moddalarning atom strukturalarini, texnikaning turli sohalarida foydalaniladigan yupqa kristallik parda strukturasining takomillashish darajasini oʻrganishga imkon beradi.