1-MAVZU: AUDITGA UMUMIY TAVSIF
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditorlik faoliyati deganda nima tushuniladi?
A. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq
professional
xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati.
B. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi.
C. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va boshqa shu bilan bog‘liq
professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati.
D. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va moliyaviy hisobotga xulosa
berishi, natijalarni yuqori tashkilotga taqdim qilishiga doir faoliyati.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
2. Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
A. Axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to‘g‘risida
xolis fikr-
mulohazalar bildirishdir.
B. Axborotdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlashga yordam
beradi.
C. Iqtisodiy axborotlarni haqqoniyligini tasdiqlash.
D. Inqirozga tushmaslik uchun qarorlarning qabul qilinishini nazorat qilish.
E. To‘g‘ri javob B, C, D.
3. Qaysi turdagi tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi?
A.MCHJ ko‘rinishidagi auditorlik tashkilotlariga.
B. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlariga.
C. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga.
D. A va B.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Qaysi javobda auditorlik tashkilotiga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
B. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish malaka sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
C. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
D. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish patentiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas
5. Germaniyada auditorlik kasbi nima, deb nomlangan?
A. Jamoatchi-buxgalter.
B. Buxgalter ekspert.
C. Schotlar bo‘yicha komissar.
D. Xo‘jalik nazoratchisi.
E. B va C javoblar to‘g‘ri.
6 Hisob registrlari va hujjatlar tekshirilishi auditorlik faoliyatining qaysi turiga tegishli?
A. Tasdiqlovchi audit.
B. Maqsadli sistemali audit.
C. Tavakkalchilikka asoslangan audit.
D. Tekshiruvchi va nazorat qiluvchi audit.
E. C va D javoblari to‘g‘ri.
7.Auditorlar qachon ichki nazorat orqali ekspertiza o‘tkaza boshlashdi?
A. Tavakkalchilikka asoslangan audit shakllanishi bilan.
B. Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan.
C. Tasdiqlovchi audit shakllanishi bilan.
D. Bosh auditorlik apparati shakllanishi bilan.
E. A, D javob to‘g‘ri.
8.Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi asosiy farq nimada namoyon bo‘ladi?
A.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi korxonada sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalarini
faqatgina korxona rahbariyati talab qilgandagina hisobga olishi va tekshirishida namoyon bo‘ladi.
B.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi korxonada sodir etilgan va hisobga olingan barcha
xo‘jalik operatsiyalarini mustaqil shaxs hisoblangan auditor tomonidan
tekshirishida namoyon
bo‘ladi.
C.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi mustaqil shaxs hisoblangan auditor yoki korxona
xodimlari tomonidan korxonada sodir etilgan va hisobga olingan barcha xo‘jalik operatsiyalarini
hamda moliyaviy hisobotlarini qonunchilikka muvofiq va axborotlar
ishonchli ekanligini
tekshirib, yakunda ular bo‘yicha xolisona xulosa berishda namoyon bo‘ladi.
D.Audit bilan buxgalteriyasi o‘rtasida farq mavjud emas.
E.To‘g‘ri javob mavjud emas.
9. Auditning yuzaga kelish shart-sharoitlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
A. Axborot yyetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat
organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi.
B. Noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining
qabul qilinishi natijasida
noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi.
C. Korxonalarning soni juda ham ko‘payib ketishi natijasida ularni
nazorat qiluvchi organlar
sonini ham oshirish sharoitining vujudga kelish natijasida.
D. A va B.
E. A va C.
10. Nazorat taftish bo‘linmalarining asosiy funksiyasi nimadan iborat?
A. Davlat budjeti daromadlar qismining to‘ldirilishini nazorat qiladi.
B. Budjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
C. Korxonalarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga baho berish va nazorat qilish.
D. A va B.
E. B va C.