1-mavzu: Autocad dasturi


-Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə14/20
tarix05.12.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#173062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
AUTO Cad ma\'ruza 2012

12-Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash


M isol. Rasmda ko‘rsatilgan piramida va prizmaning kesishuvini hosil qilish talab qilinsin. Piramidaning asosi tomoni 60 ga teng bo‘lgan kvadrat, balandligi 80. Prizmaning asosi radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylanaga ichki chizilgan muntazam ko‘pburchak, balandligi 60 ga teng.
Dastlab piramidaning asosini, ya’ni tomoni 60 ga teng bo‘lgan kvadrat tekislikda chizib olinadi. - поли­линия buyrug‘i tanlanadi. Ekranda ixtiyoriy nuqta sichqoncha bilan ko‘rsatilib, vertikal yo‘nalish tanlanadi va klaviaturadan 60 raqami yozilib Enter bosiladi. So‘ngra sichqancha bilan gorizontal yo‘nalish ko‘rsatilib yana 60 raqami klaviaturadan kiritiladi. Xuddi shunday kvadratning uchunchi tomoni chiziladi. To‘rtinchi tomonni chizish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini chizma ustida bosib, chiqqan buyruqlar ro‘yxatidan Замкнуть tanlanadi.
- круг (aylana) buyrug‘i bilan markazi kvadratning markazida joylashgan radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi. Aylana markazini sichqoncha bilan topish uchun kvadrat tomonlarining o‘rtasiga sichqoncha bilan yaqinlashamiz, Середина markeri paydo bo‘lgach markazga qarab yura boshlaymiz. Shunda 36–rasm,a da ko‘rsatilgan kvadrat tomonlari o‘rtasining kesishuviga sichqonchani bosib aylana markazi topiladi. So‘ngra klaviaturadan aylana radiusi 25 raqami yozilib Enter bosiladi.
- многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi tanlanadi. Buyruq qatoridagi Число сторон (tomonlar soni) so‘rog‘iga 6 raqami yozib Enter bosiladi. Укажите центр многоугольника (ko‘p­bur­chak markazini ko‘rsating) so‘rog‘iga esa sichqoncha bilan aylanaga yaqinlashamiz so‘ngra uning markaziga yaqin borib Центр markeri paydo bo‘lgach, (36-rasm,b) sichqoncha tugmasi bosiladi. Yana bir marta Enter tugmasini bosilib, ko‘pburchak aylanaga ichki (вписанный) chizilishi tasdiqlanadi. Sichqoncha bilan aylana chizi­g‘iga qarab yuriladi, aylana chekkasi (kvadrant) markeri (41-rasm,v) topilgach sichqoncha tugmasi bosiladi.

а)

b)

v)



36-rasm

Endi bu tekis shakllarni ko‘tarish (o‘stirish) orqali fazoviy shakllarni yasaymiz. Dastlab kvadratni berilgan balandlikka biror burchak ostida torayish asosida o‘stirish orqali piramida chiziladi.
- выдавить (o‘stirish) buyrug‘i tanlanadi. Kvadrat ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosib belgilanadi. Enter yoki пробел bosilib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Глубина выдавливания (o‘stirish balandligi) so‘rog‘iga 80 raqami yozilib Enter bosiladi, so‘ngra Угол сужения для выдавливания (ustirishdagi torayish burchagi) so‘rog‘iga 20,55605 raqami yozilib Enter bosiladi. (tg=30/80)
Endi ko‘pburchakni o‘stirish orqali prizma hosil qilinadi. - выдавить (o‘stirish) buyrug‘i tanlanadi. Ko‘pburchak ustiga sichqoncha tugmasi bosib belgilanadi. Enter yoki пробел bosilib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Глубина выдав­ливания (o‘stirish balandligi) so‘rog‘iga 60 raqami yozilib Enter bosiladi, so‘ngra Угол сужения для выдавливания (o‘stirishdagi torayish burchagi) so‘rog‘iga 0 raqami yozilib Enter bosiladi.
Chizmada ortiqcha bo‘lgan aylana sichqoncha bilan ajratiladi va klaviaturadagi Delete tugmasi bilan yo‘q qilinadi.
Лист qatiga o‘tiladi. Лист qatida bitta Ko‘rinish oynasi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini to‘ldirib chizilgan shakl­larning yuqoridan ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini belgilab Delete tugmasi bilan yo‘q qilamiz. Ekranda toza Лист qoladi.

а)

b)




v)



37-rasm

Xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi kabi Listda to‘rtta ko‘rinish oynasi hosil qilinadi, har bir ko‘rinish oynasi uchun proyeksiyalash tekisligi va har ko‘rinish oynalariga 1:1 masshtab tanlanadi (37-rasm,a).


- скрытие линии (orqa chiziqlarni yashirish) orqali har bir ko‘rinish oynalari uchun ketma-ket orqa chiziqlarini ko‘rinmas qilib olamiz (37-rasm,b).
- объединение (birlashtirish) tugmasi bilan ikki ob’yekt bir-biriga bog‘lanib bir ob’yektga aylantiriladi (37-rasm, v).
Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘­nikmalardan foydala­nib:
1) asosi­ning radiusi 25 va baland­ligi 100 bo‘lgan konus bilan radiusi 25 ga teng bo‘lgan sharning kesushuvini yasang. Shar markazi konus asosidan 50 masofada joylashgan (38-rasm,a),
2) radiusi 25 ga va balandligi 80 ga teng bo‘lgan silindr bilan asosining radiusi 25 va balandligi 100 ga teng bo‘lgan konus kesishuvini yasang. Silindrning yon sirti konus asosiga urunib o‘tadi (38-rasm,b).
3. Silindr radiusi 50 va balandligi 20, konus asosining radiusi 30 va balandligi 100, o‘lchamlari 20, 70, 80 (mos ravishda eni, bo‘yi, balandligi) prizmadan tashkil topgan uch shakilning kesishuvini yasang. Uchala shakl asoslari bir tekislikda joylashgan. (38-rasm,v).

1) 2) 3)


38-rasm

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



  1. Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi.

  2. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasang

  3. Asosi­ning radiusi 25 va baland­ligi 100 bo‘lgan konus bilan radiusi 25 ga teng bo‘lgan sharning kesushuvini yasang. Shar markazi konus asosidan 50 masofada joylashgan (38-rasm,a),

  4. Radiusi 25 ga va balandligi 80 ga teng bo‘lgan silindr bilan asosining radiusi 25 va balandligi 100 ga teng bo‘lgan konus kesishuvini yasang. Silindrning yon sirti konus asosiga urunib o‘tadi (38-rasm,b).

  5. Silindr radiusi 50 va balandligi 20, konus asosining radiusi 30 va balandligi 100, o‘lchamlari 20, 70, 80 (mos ravishda eni, bo‘yi, balandligi) prizmadan tashkil topgan uch shakilning kesishuvini yasang. Uchala shakl asoslari bir tekislikda joylashgan. (38-rasm,v).

Adabiyotlar:

  1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

  2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

  3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

  4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

  5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin