2-mavzu: O‘zbek tili morfemikasida va so‘z yasash bo‘limida yuz bergan yangiliklar REJA: O‘zbek tili morfemikasida yuz bergan yangiliklar.
Keyingi paytlarda tilimizda paydo bo‘lgan yangi affikslar.
O‘zbek tili so‘z yasash bo‘limida yuz bergan yangiliklar.
Qisqartma usul unumdorligining oshishi.
Tayanch atamalar: morfemika, yangi affikslar, so‘z yasash, qisqartma usul, sinxron aspect, so‘z yasash usuli. Morfemika grammatikaning alohida bir bo`limi bo`lib, so`zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o`zaro munosabatini, turlarini o`rganadi.
Morfema – so`zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo`lib, so`zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so`zning qayta bo`linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so`zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o`ziga hos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko`ra morfemalar 2 turga bo`linadi: 1. O`zak morfema. 2. Affiksal morfema.
O`zbek tilida morfemalar o`zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo`shiladi. So`zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o`zak formemani belgilash bilan tugallanadi.
So`z yasalishi tilshunоslikning mustaqil sоhasi sifatida kеyingi davrlarda vujudga kеldi. So`z yasash sоhasi, avvalо, tilshunоslikning fоnеtika, lеksika va grammatika sоhalari bilan uzviy bоg`liqdir. Masalan: оng+la=angla, yosh+a=yasha, sоn+a=sana ko`rinishidagi so`z yasash uchun asоs qismga, o`zakka qo`shimchalar qo`shilishi bilan o`zakda o`zgarish yuz bеradi. Yani tоvushlar bir-biriga mоslashadi. Endi so`z yasashda ikki narsaning bir-biriga munоsabati bilan uchinchi narsa hоsil bo`ladi. Bоshqacha aytganda, o`zak yasоvchi affikslarning qo`shilishidan uchinchi narsa, yangi so`z hоsil bo`ladi. So`z yasash tilda so`z ko`paytirishdir. Nima uchun tilda so`z yasaladi? Chunki tilda shu so`zning yasalishiga ehtiyoj sеziladi. So`z yasashda, оdatda, birоr turkum dоirasida qоladi. Masalan: paхta-kоr, gul-zоr, etik-do`z, maхsh-do`z, ish-chi, pichоq-chi. Endi, aksincha, so`z yasalganda so`zning turkumi o`zgarishi mumkin. Masalan: yosh-a, оng-la, ish-la, sоn-a, ko`p-ay.
So`z yasalishi tilshunоslik fanining ayrim bir bo`limi, mustaqil lingvistik sоha, tarmоq bo`lib, u so`zlarning yasalishini, yangi so`z hоsil qilishning qоnun-qоidalarini, mоdеllarini, vоsitalarini, shu bilan bоg`liq hоlda so`zlarning strukturasini tеkshiradi. Grammatika ham tеkshiradi, lеkin bu ikki хil tеkshirish bir-biridan maolum bеlgilar bilan ajralib turadi, shuningdеk, so`zning yasalishi - hоsil bo`lishi tоmоnidan tеkshirilishi ham o`z хususiyatlariga ega. Lеkin bu tеkshirishlar o`zarо bоg`liq: tilning fikrlarni ifоdalashi, his-tuyg`ularni bildirishi, fikr ifоdalaydigan eng kichik еdinitsa bo`lgan gapning so`zlardan tashkil tоpishi, bu so`zlarning matеriali tоvush ekanligi, so`zlarning ham, tоvush hоdisalarining ham, so`z fоrmalarining ham, so`zlarni biriktirib, so`z birikmasi va gap hоsil qilishning ham o`z maolum qоidalari bоrligi - bularning hammasi - tilda mundarija, fоrma va funktsiyaning o`zarо bоg`liqligini, tildagi qоnun-qоidalarning shu uch tоmоnga asоslanganligini, dеmak, fоnеtik, lеksik va grammatik sistеmalarning оrganik alоqasini - tilning qismlari bir-biri bilan bоg`langan yaхlit, bir butun hоdisa - sistеma ekanligini ko`rsatadi.
O`zbеk tilida so`z yasash uchun bоr bo`lgan yasоvchilarni unumli yasоvchi va unumsiz yasоvchilar kabi ikkiga ajratiladi. Masalan: оt yasоvchi -chi, faol yasоvchi -la tilimizning barcha davrlarida unumli yasоvchilar bo`lib kеlgan. Unumsiz yasоvchilar har bir davrda kam mahsul, unumsiz bo`lib, sanоqli so`zlarni yasashga хizmat qiladi. Birоr davrda unumli bo`lgan so`z yasоvchilar bоshqa bir davrda kam mahsul, unumsiz bo`lishi mumkin. So`z yasalishi davrga ko`ra ikki хildir:
a) tariхan - diaхrоn,
b) hоzirgi - sinхrоn.
Hоzirgi o`zbеk tilidagi so`z yasоvchilarning ko`pi o`zbеk tilining turli davrlarida ham so`z yasashga хizmat qilgan. Birоq o`zbеk tili tariхida so`z yasashga asоs bo`lgan qo`shimchalarning ko`pi hоzirgi kun nuqtai nazaridan yangi so`z yasamaydi yoki istеomоldan chiqdi. Masalan: XI asrda istak, xоhish maonоsidagi fеolni yasagan -sa so`z yasоvchi qo`shimchasi hоzirgi kunda shu хususiyatga ega emas, -sa qo`shimchasi so`z yasash vazifasini yo`qоtdi. Hоzirgi kunda bitta so`z qоlgan. Bu so`z “suv-sa” so`zidir.
XI asrda -sa qo`shimchasi so`zlarni quyidagicha yasagan. Masalan: biliqsa, etsa.
Shuni alоhida qayd etish kеrakki, o`zbеk tili tariхida yangi so`z yasashga asоs bo`lgan, o`zak yoki yangi so`z yasash uchun хizmat qiluvchi qo`shimcha hоzirgi kunga kеlib istеomоldan chiqishi, yasalish хususiyatini yo`qоtishi va bоshqa maonоda ishlatilishi mumkin. Masalan: оlda, unda, inda kabi so`zlarda -da faol yasоvchi bo`lgan, hоzirda istеomоldan chiqdi. Masalan: kirpik-kiprik, yomg`ir-yog`mir. Yana bir misоl. Bоl o`zagi оrqali tariхda bоlg`a, bоlta, balchiq, baхlasi so`zlari yasalgan. Bular tariхiy yasalish. Dеmak, tariхiy planda yasalgan so`zlarning strukturasida, yasalish mоdеllarida o`zak va yasоvchilarda hоzirgi kun nuqtai nazaridan maolum farqlar bоrdir.
So`z yasashning hоzirgi usuli sinхrоn usul dеyiladi. Hоzirgi o`zbеk adabiy tilida so`z yasash qоbiliyatiga ega bo`lgan to`rtta so`z turkumi mavjud. Bular оt, sifat, fеol va ravish turkumlaridir. Sоn bilan оlmоshdan yangi so`z yasab bo`lmaydi, ularda yasalish qоbiliyati yo`q.
So‘z yasalishining tilning leksikologiya, morfologiya (grammatika sathlari bilan bog‘liqligi, shu bilan birga, uning tilshunoslikning alohida sohasi (alohida sath) ekanligi masalasi o‘zbek tilshunosligida aslida XX asrning 50-yillaridayoq o‘zining to‘g‘ri yechimini topgan bo‘lsa ham, biroq bu yechimning aniq bayonlari 70-yillarga kelibgina baralla aytiladi: «Demak, so‘z yasalishining o‘z ob’ekti bor, bunda grammatika va leksika sohalari bilan umumiylik tomonlari ham bor. So‘z yasashning morfologiya yoki leksikologiyaga kiritilishi uning bir tomoninigina o‘z ichiga oladi». Ehtimolki, bu fikr sinchkov rus va boshqa yevropa tilshunoslarining e’tiborini tortgan bo‘lib, o‘zbek tilshunoslari bunga beparvogina, mensimaygina qarab o‘tib ketganlar. Shu bir jumladagi «so‘z yasalishning o‘z ob’ekti bor» so‘z yasalishining morfologiya va leksiksikologiyaga kiritilishi uning bir tomoninigina (qarangki, - gina yuklamasi ishlatilgan - Yo.T.) o‘z ichiga oladi» gaplarining butun mohiyatini rus olimlari anglab, his qilib bo‘lgan, shu ikki gap (fikr) zamirida umuman tilshunoslikning eng murakkab, eng muhim, deyarli aksariyat tilshunoslarning diqqatini tortgan, ularni ko‘p yillar qiynab kelgan jiddiy ilmiy muammosi o‘z yechimini topganligi ana shu olimlarni hayratga solgandir. Chunki, 70-yillarga kelib rus tilshunosligida yaratilgan jiddiy ilmiy grammatika rus tilining so‘z yasalish tizimi tilshunoslikning o‘z alohida tekshirish ob’ekgiga ega bo‘lgan, shu bilan birga ham grammatika, ham leksikologiya bilan uzviy aloqador bo‘lgan alohida sohasi sifatida berildi. Ya’ni, A.G‘ulomov tomonidan «Eto samostoyatelnaya dissiplina» (so‘z yasalishiga nisbatan) tarzida aytilgan fikr 1955-yilda rus tilida bayon kilingan bo‘lsa, undan rosa, 15 yil o‘tgach, rus tilshunosligida «so‘z yasalishi» alohida sath sifatida asosli ravishda o‘z ifodasini topdi.
Fikrimizni aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, e’tibor berilmagan, zukkolik, sinchkovlik va jiddiy til bilimdonligi, teran mushohada va mantiqiy yondashuv yetishmaganligi sababli jo‘n bir gap, fikr sifatida qabul qilinib ketilgan, aslida esa, juda tag zaminli nazariy muammoga tilshunoslar diqqatini qaratdi. «So‘z yasalishini» hatto morfemikaning ham tarkibiy qismiga kiritish mumkin emasligini qayta asoslab berdi. Va, nihoyat, bu talqin rus tilshunosligini «sayohat» qilib kelganidan so‘nggina o‘zbek tilshunosligida anglab yetildi. Buning sababi shunda ediki, juda ko‘p «olimlar» umr bo‘yi butun ilmiy faoliyatida ma’lum bir fanning ma’lum bir sohasi, ba’zan esa hatto ana shu sohaning ma’lum bir ichki kichik yo‘nalishi, ma’lum bir mavzusi yoki mavzuchasi doirasida ilmiy izlanishlar olib boradi va shu bilan cheklanadi. Albatta, bu bir jihatdan to‘g‘ri go‘yo tadqiqot shu kichik bir mavzuda bir yo‘nalishda chuqur, keng qamrovli tadqiqotlar qiladi, yaxlit umumlashmali xulosalar chiqaradi, go‘yo kichik mavzuni oladi-yu, uni chuqur tadqiq qiladi, undan samarali natijalar oladi... Fanlar ko‘p, ularning sohalari turli- tuman, muammolari yetarli. Ayrim fanlar, ularning sohalari doirasida kichik mavzular bo‘yicha ishlab, ilmiy-nazariy xulosalar, natijalar chiqarish nihoyatda muhimligiga hech shubha yo‘q. Biroq shunga ham aminmizki, olim ma’lum fan sohasining kichik mavzusi doirasida jiddiy ilmiy-tadqiqot olib borar ekan, mazkur mavzuni o‘z tarkibiy qismiga oluvchi sohaga oid barcha bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim. Ana shunda olimlar yaratgan ilmiy ishlar, asarlar fan taraqqiyotiga jiddiy hissa bo‘lib ko‘shiladi.
Bugungi kunda ham o‘zbek tilshunosligida bahstalab jiddiy masalalar anchaginadir. Quyida ana shunday jiddiy va murakkab masala yuzasidan ikki zabardast olimning fikrlariga munosabat bildirishga harakat qilamiz. 1. «So‘z yasalishi sinxronik aspektga tayanadi».1 Bu fikr A.G‘ulomov tomonidan so‘z yasalishining asosiy usullariga nisbatan, aytilgan bo‘lsa, so‘z yasalishi tizimidagi (binarlik yasovchi asos va yasovchi vosita binarligi) yasovchi asos- motivlovchi va yasama - motivlanuvchi binarligi chukurroq anglaganda, kengroq tushunilgapda olim ta’kidlaganidek, so‘z yasalishining boshqa usullari ham mavjudligi (sintaktik-leksik, semantik, fonetik usullar kabi) bularning diaxron aspekgga tayanishi 50-yillardagi ishlarida o‘z ifodasini topgan. Haqiqatan ham, so‘z yasalishining hozirgi asosiy usullari hisoblangan affiksatsiya va so‘z ko‘shish (kompozitsiya) A.Hojiev bir jihatdan turib tan olgan sinxroniyaga tayanadi. Biroq diaxroniyaga ham tayanilishining hali asosli tarzda inkor etilmaganligi va oxir-oqibatda, ilojsiz qolinganligi tufayli, «so‘z yasash usuli emas, balki so‘z hosil bo‘lishi yo‘li - deyishi hodisaning mohiyatini to‘g‘ri aks etgiradi» deyishga majbur bo‘lingan.
Ko‘rinadiki, «so‘z yasash usuli» va «so‘z hosil bo‘lish yo‘li» ikki narsa, ikki hodisa sifatida baholangan. Albatta, so‘z hosil bo‘lishini «ma’no ko‘chishi» bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. So‘z yasalishi: «So‘z yasash, umuman, qanday usul, qanday vosita bilan bo‘masin, yangi so‘z hosil qilishdir».
Ya’ni tilda, umuman, yangi ma’noning yuzaga kelishi bilan birga yangi so‘zning, haligacha lug‘at tarkibida bo‘lmagan yoki variant shaklida «mustaqillasha olmay» yurgan elementning, til lug‘at tizimiga alohida so‘z sifatida kirib kelishi muhimdir: yoymoq, yozmoq, yon, yoq: yoqilg‘i, yonilg‘i kabi so‘zlar taxlili shuni ko‘rsatadiki (bunday so‘zlar anchagina), o‘bek tilining tarixiy taraqqiyotida ko‘pgina so‘zlarga fonetik differensatsiyadan sekin-asta semantik differensatsiyaga qarab borishi hodisasi sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda yoymoq boshqa alohida so‘z, yozmoq, alohida so‘zdir. Ulardan biri ikkinchisining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan: yoy - yoz.
Demak, o‘zbek tilida bunday yo‘l bilan yangi so‘zlar hosil bo‘lishini tan olmaslik, shu usul bilan yangi so‘zlar yasash mumkin ekanligini nazarda tutmaslik mumkin emasdir. Hatgo, «so‘z ko‘shish» (kompozitsiya) usuli agar jiddiy talqin qilinadigan bo‘lsa, asosan diaxroniyaga asoslanishi kuzatiladi. Ya’ni, so‘zlarni (ba’zan «o‘zaklarni qo‘shish», ba’zan esa «negizlarni ko‘shish «atamalari ham qo‘llanganligi ma’lumdir) qo‘shish asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shma so‘z hosil bo‘lavermasligi, o‘zbek tilidagi aksariyat qo‘shma so‘zlarning (analogiyaga ko‘ra ko‘shilganlari mustasno, bu alohida masala) aslida so‘z birikmasi holida shakllanib, keyinchalik, semantik, grammatik va fonetik o‘zgarish asosida (albatta, shu uch tip o‘zgarish sodir bo‘lishi shartdir) qo‘shma so‘zga aylanganligi ikki bosqich o‘tilganligi hech kimga sir emas: belning bog‘i - birikma; belbog‘ - qo‘shma so‘z; yangi yo‘l - birikma; yangiyo‘l - qo‘shma so‘z kabilar.
Ko‘rinadiki, so‘z yasalishi sof sinxron aspektga tayanadi, deyish, ma’lum nuqtayi nazardan ayrim usullarga, so‘z yasalishi tizimining hozirgi holatiga nisbatan to‘g‘ri bo‘lsa-da, umuman yangi so‘z hosil bo‘lishiga, yangi so‘z hosil qilishning turli yo‘llariga nisbatan diaxron aspektga ham tayanmaslik tizim mohiyatini to‘liq ochib berolmaydi.
O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi motivatsiyasi (asoslanishi) masalasi keng ma’noda A.G‘ulomov tomonidan 1975-yillarga kelib chuqur izoxlandi, talqin etildi. Aslida esa yasalmaning motivlanganlik xarakterda bo‘lishi 50-yillardayoq olim tomonidan asoslab bo‘lingan edi. O‘zbek tilshunosligida ana shu fikrlar 80-yillarga kelib qayta-qayta izohlashlar va talqinlardan so‘ng to‘la anglab yetildi. A.Hojiev so‘z yasalishidagi motivlovchi va motivlanuvchi qismlarni keng va boshqacharoq izohlab berishga harakat qildi. Biroq, A.G‘ulomovning motivlovchi va motivlanuvchi atamalari keng ma’noda qo‘llangan bo‘lib, ular so‘z yasalishi tizimidagi yangi so‘z hosil bo‘lishining barcha usullariga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, A.Hojiev talqinida bu atamalar tor ma’noda va asosan so‘z yasalishining ikki usuliga nisbatan tatbiq etildi, go‘yo.
Bizningcha, motivlovchi va motivlanuvchi atamalarini keng ma’noda tushunish hamda talqin etish haqiqatga mosdir. Chunki so‘z yasalishiiing boshqa usullari ham albatta, mavjud, ya’ni yangi so‘zlar boshqa usullar bilan ham hosil qilingan va ularni motivlangan deyishga hali yetarli asos yo‘q.
O‘zbek tilshunosligida yangi so‘zlarning ma’lum bir leksik-semantik guruhdan yasalishi, yasalmaning ham ma’lum leksik-semantik guruhga taallukli bo‘lishi haqidagi masalalarga A.Hojiev o‘z e’tiborini qaratadi. U 70- yillarda ham, 50-yillarda ham «so‘z yasash modeli» atamasini juda keng ma’noda qo‘llab, bu holatga nisbatan umuman «so‘z yasalish tipi» atamasini qo‘llamadi. Biroq olim 50-yillardagi so‘z yasalishiga doir mashhur ishida (doktorlik dissertatsiyasi) so‘z yasalishida «tashqi yasalish» va «ichki yasalish» atamalarini qo‘llaydi hamda ana shu yasalishlar qo‘rsatishlariga nisbatan «so‘zlarning modeli» (andozasi) atamasi hodisaning mohiyatini kengroq, chuqurroq ochib beradi, umumiy va zarur tushunchani aniqroq ifodalaydi. Ya’ni tip atamasiga nisbatan andoza atamasi hodisa mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Shuni ham dalil sifatida keltirish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida keyingi paytlarda ham tilning, masalan, fonologiya, morfologiya satxlarida so‘z va morfemalarning ma’lum fonetik struktura tiplarga (modellarga) ega bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi kunda «so‘z yasalishi» atamasi asosan «Yangi ma’noli so‘z hosil qilish»ga nisbatan qo‘llanadi hamda tub mohiyatiga ko‘ra, o‘zbek tili doirasida tashqi yasalish tipi modellari strukturasi majmuasini qamrab oladi. Traktorchi, temirchi, yozuvchi, a’lochi, o‘rikzor, toshlos, bostirma, sinfdosh, paxtakor, adabiyotshunos, uydagi, aslli, aslsiz kabi so‘zlarning o‘zbek tili so‘z yasalish tizimiga aloqadorlik - aloqador emaslik jihatlari, bu so‘zlarga nisbatan ichki yoki tashqi yasalish nuqgai nazaridan, shuningdek, ularga sinxron yoki diaxron aspektda yondashish masalalari yanada mukammal tadqiqotlarni talab etadi.
Savol-javob orqali bilimlarni mistahkamlash: Morfemika nimani o`rganadi?
Morfema deb nimaga aytiladi?
Morfemaning qanday turlari bor?
So`z yasalishi nima?
So`z yasalishi tilshunоslikning qaysi sоhalari bilan alоqadоr?.
So`z yasashning diaхrоnik aspеktlari qaysilar?
So`z yasash qanday sinхrоnik asоslarga ega?
So`zning bоshqa turkumga ko`chishi qanday nоmlanadi?