1-mavzu: Autocad dasturi


-mavzu: Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. Sirtlarni tahrirlash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə20/20
tarix05.12.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#173062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
AUTO Cad ma\'ruza 2012

18-mavzu: Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. Sirtlarni tahrirlash


Reja:

  1. Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish.

  2. Sirtlarni tahrirlash



Tayanch so`z va iboralar: edgesurf, ketma-ket, tomon, chiziq, splayn, poliliniya, yoy, kesma, elliptik yoy, to‘rt qirra, fazoviy, shakl, tahrirlash, массив, зеркало, поворот tayanch o‘qlar, aylana (krug) buyrug‘i, многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi, отрезок tugmasi, поверхность Кунса tugmasi, to‘rt qirraga орбита tugmasi


edgesurf (П-Кунса). Berilgan to‘rtta tomonni ketma-ket ko‘rsatish orqali sirt hosil qilinadi. Tomon chiziqlari splayn, poliliniya, yoy, kesma va elliptik yoy bo‘lishi va ular uchlari bilan uchrashgan (kesishgan) bo‘lishi kerak. Sirtni tashkil qiluvchilari M va N yo‘nalishlar bo‘yicha bikubik egri chiziqlardan, ya’ni to‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan (54-rasm).
Tomonlarning chiziqlari fazoviy bo‘lmaganda hosil qilin­gan shakl fazoviy bo‘lib ko‘rinsada, undagi barcha to‘r nuqtalari tekislikda joylashgan bo‘ldi. Bunga shaklni orbita atrofida aylantirganda iqror bo‘lish mumkin.



2

1

3

4

splayn

splayn

kesma

N

М


to’rt tomonni ko’rsatish

natija

54-rasm.
19-mavzu: Sirtlarni tahrirlash


Sirtlarni tahrirlash uchun imkoniyatlar cheklangan. Tahrir­lash uchun quyidagi buyruqlar majud:


3M массив – bir sirtni uch yo‘nalish bo‘yicha ko‘paytirish yoki biror o‘q atrofida aylantirib ko‘paytirish;
3M зеркало – sirtning aksini biror o‘qqa nisbatan qurish;
3M поворот – tayanch nuqtasi yoki tayanch o‘qlar atrofida sirtni biror burchakka burash.
Ma’lumki sirtlar to‘r shaklida quriladi va har bir to‘rning koordinatalari mavjud. To‘r koordinatalarining qiymatini o‘zgartirish orqali sirt ham o‘zgartiriladi.

M isol. Rasmda ko‘rsa­til­gan giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin.


Gipar uchlarining koordina­talari aniq bo‘lmagani uchun avval bitta giparni tekislikdagi proyeksiyasini chizib olish kerak.
aylana (krug) buyrug‘i yordamida aylana markazi sichqoncha bilan ekranda ko‘rsatilib va radiusi klaviaturadan 25 raqami kiritilib chiziladi.
- многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi yordamida aylana atrofiga tomonlar soni 4 ga teng bo‘lgan ikkita aylana chiziladi (55-rasm,a)
- отрезок tugmasi yordamida aylana markazini D va B nuqtalar bilan tutashtiruvchi chiziqlar chizib olinadi (55-rasm,b). So‘ngra Delete tugmasi va bilan keraksiz chiziqlar belgilanib yo‘q qilinadi. - отрезать tugmasi bilan esa otriqcha chiziqlar qirqib tashlanadi ya’ni chizmada faqat giparga taalluqli bo‘lgan chiziqlar qoldiriladi (55-rasm,v). Bu chiziq­lar bir tekislikda yotadi ya’ni.

a) b) v)
55-rasm


56-расм

Chiziqlarning A va C uchlari koordi­na­talarini Z o‘qi bo‘yicha o‘zgartirish lozim. AD kesma belgilanadi va Свойства oynasida Конец Z yozuvi zonasiga 15 raqami kiritiladi; AB kesma belgilanib Начало Z yozuvi xonasiga ham 15 raqami kiritiladi; DC va BC kesmalar belgilanib Начало Z xonasiga 20 raqami kiritiladi. Belgilangan kemalarning qaysi uchi ko‘tarilishini ko‘rish uchun tugmasi bilan izometriya ko‘rinishiga o‘tkazib ishonch hosil qilish mumkin (57-rasm, a).


- поверхность Кунса tugmasi sichqoncha yordamida bosiladi va chizilgan chiziqlar ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ketma-ket bosib chiqiladi. To‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan sirt hosil bo‘ladi (57-rasm, b).



a) b) v)



g) d)
57-rasm

To‘rli segmentni belgilab - массив tugmasi yordamida uni S nuqta atrofida aylantiriladi. (20-rasmga qarang). Element­ning ko‘payish soni 8 to‘lish burchagiga esa 360 kiritiladi, markaz koordinatasi esa chizmadan S nuqtani ko‘rsatib tanlanadi. Natijada qurilmoqchi bo‘lgan fazoviy sirtning yuqoridan ko‘rinishi hosil bo‘ladi (57-rasm, v).


- 3M орбита tugmasi bilan shaklga fazoviy ko‘rinish tanlanadi. - Гурро tugmasi bilan giparning to‘ri sirt bilan qoplangan ko‘rinish beriladi (57-rasm, g,d).
Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 58-a, rasmda ko‘rsatilgan konoid fazoviy sirtni chizishni mustaqil bajarib ko‘ring.
Eslatma: Konoid sirtni hosil qilish uchun 58-b, rasmda ko‘rsatilgandek aylana va ikita aylanaga ichki chizilgan muntazam ko‘pburchak va bitta yoy chiziladi. Kichik ko‘pburchak Z o‘qi buyicha yuqoriga ko‘tariladi, yoy esa 90 gradus ga buraladi.




58-расм

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

  1. Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish.

  2. Sirtlarni tahrirlash

  3. Rasmda ko‘rsa­til­gan giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin.

Adabiyotlar:



  1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

  2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

  3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

  4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

  5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin