1-mavzu: Autocad dasturi


-mavzu: Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə13/20
tarix05.12.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#173062
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
AUTO Cad ma\'ruza 2012

11-mavzu: Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash


Reja:

  1. Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi.

  2. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash



Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, radius, konus, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari




33-rasm

Misol. Radiusi 30 va balandligi 70 bo‘lgan konusning asos tekisligiga 450 gradus og‘ma tekislik bilan kesishi­shidan hosil bo‘lgan shakl chizilsin (33-rasm). Hosil bo‘lgan shakl uch proyeksiyada ko‘r­satilsin.


- разрез (qirqim) tugmasi bilan ixtiyoriy jismga qirqim beriladi. Buyuruq quyidagi muloqat bilan ketma-ket bajariladi.
Выберите объекты: - Obektni tanlang: obekt sichqoncha bilan tanlanadi. Probel bosib tanlash to‘xtatiladi.
Первая точка на режущей плоскости [Объект/Zось/Вид/XY/YZ/ZX/ 3точки] <3точки>: - Kesuvchi tekislikni berish usullari taklif qilinadi.
Bu yerda:
Объект – aylana, ellips, 2M poliliniya, 2M splayn kesuvchi tekislik sifatida tanlash imkonini beradi;
Zos – Z o‘qini biror burchak bilan kesib o‘tuvchi tekislikni tanlash imkonini beradi;
Вид – ko‘rinish tekisligiga parallel tekislik tanlanadi;
XY/YZ/ZX - mos ravishda XY, YZ va ZX tekisliklariga parallel kesuvchi tekislik tanlanadi;
3 точки – ob’yektning o‘zida uch nuqtani ko‘rsatish yoki nuqta koordinatalarini klaviaturadan kiritish orqali kesuvchi tekislik tanlanadi.
Kesuvchi tekislik tanlangach tanlangan tekislikning qaysi tarafidagi qirqilayotgan qismi qolishi sichqoncha bilan ko‘rsatiladi.
Chizma модель qatida bajariladi. - конус tugmasini sichqoncha bilan bosiladi. Buyruq qatoriga klaviaturadan konusning markazi ya’ni 0,0,0 raqamlari yozilib Enter tugmasi bosiladi. So‘ngra konus asosining radiusi 30 raqami yozilib Enter bosiladi va so‘ngida balandligi 70 raqami yozilib Enter bosilgach, ekranda konusning yuqoridan ko‘rinishi baydo bo‘ladi (34-rasm, a).
вид слева tugmasi bilan chizilgan konusni chap tarafdan ko‘rsatamiz (39-rasm, b).
- разрез (qirqim) tugmasi bosiladi. Выберите объекты: - so‘roviga sichqoncha bilan konus ko‘rsatiladi va Пробел bosib tanlash to‘xtatiladi. So‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib kesuvchi tekislikni ko‘rsatish usuli tanlanadi Bizning holda Zos usili tanlanadi. So‘ngra sichqoncha bilan konus asosining markaziga yaqin boriladi va sichqonchani bosmasdan Z o‘qi bo‘yicha yuqoriga qarab tekis yuriladi (yurilgan masofa nishon yonida yozilib turiladi). Tekis yurilgani yurish yo‘nalishi bo‘yicha cheksiz nuqtali chiziq paydo bo‘lganidan bilsa bo‘ladi. Klaviaturadan 50 raqami kiritilib Enter bosiladi, ya’ni nishon konus asosidan 50 birlik masofaga o‘tadi (34-rasm, v). Sichqoncha chapga qarab taxminan 450 burchak ostida yuriladi. (Aniq 450 gradus bo‘lganini nishon yonidagi 2250 yozuvidan hamda cheksiz davom etuvchi nuqtali chiziqdan bilsa bo‘ladi). Ixtiyoriy masofaga yurilgach sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bu bilan kesuvchi tekislik yasalgan bo‘ladi (34-rasm, g).



а)

b)

v)




g)

d)

34-rasm

Endi konusning paski tomoniga sichqonchani bosib kesuvchi tekislikning pastki tarafidagi qirqilayotgan qismi qolishi ko‘rsatiladi. (34-rasm, d). Rasmda ko‘rinib turibdiki kesuvchi tekislik ko‘rsa­tilgan tekislikka perpendikulyar bo‘lar ekan.
Kesik konusning turli ko‘rinishlarini hosil qilish uchun keyingi bajariladigan bosqichlar ya’ni list qatiga o‘tish va hokazolar 3.1 mavzudagidek olib boriladi.

35-rasm

Har bir ko‘rinish ko‘rinish oynalarini to‘ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko‘rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:1 masshtab tanlab chiqamiz (35-rasm). Ko‘rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig‘iga 1 mm qalinlik beriladi. Chizmaning yaqqol ko‘rinishi uchun bu ko‘rinish oynasidagi tasvirga - скрытие линии tugmasi orqali orqa chiziqlarisiz ko‘rsa­tiladi.


Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘­nikmalardan foydala­nib:
1) asosining radiusi 40 va balandligi 80 bo‘lgan silindrni asosi bilan 300 burchak hosil qiluvchi tekislik bilan, 2) Radiusi 60 ga teng bo‘lgan sharni markazidan 20 birlik yuqoridan o‘tuvchi XY tekisligiga parallel tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan shaklning uchta proyeksiyasi va umumiy ko‘rinishi chizing.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

  1. Mavzuga doir misollar keltiring

Adabiyotlar:



  1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

  2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

  3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

  4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

  5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin