1-mavzu: Autocad dasturi


-mavzu: Chiziq turlari va shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə5/20
tarix31.08.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#141143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar

3-mavzu: Chiziq turlari va shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash


Reja:

  1. Chiziq turlari

  2. Shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash



Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, формат листа, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari.

Chizma uchun kerak bo‘ladigin chiziq turlari Linetype buyrug‘i bilan yoki Формат menyusidagi Типи линий… bo‘limi orqali ochiladigan muloqat oynadan tanlanadi (6-rasm). Bu muloqat oynadi faqat bir xil chiziq turi mavjud. Boshqa chiziq turlarini tanlash uchun muloqat oynasining Загрузить tugmasi bosiladi va barcha chiziqlar ro‘yxatining oynasi chaqirilib (7-a,rasm), u yerdan ketma-ket chizmada ishlatiladigan bir necha chiziq turi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan chiziq turlaridan chizmada foydalanish imkoni bo‘ladi (7-b,rasm).



6-rasm



а)


б)

7-rasm

Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar masshtabini o‘zgar­tirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab – barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining ko‘paytmasiga teng.


O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin (7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7-a,rasmdagi oynani chaqirib olishimiz ham mumkin.

Chiziq yo‘g‘onligini tanlash


Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri ke­ladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘li­mi­dan chaqiriladigan Параметры веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi.


Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘on­ligini tanlash mumkin (8-b,rasm). Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi.
Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak.
Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi (2-rasmga qarang).



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin