1-rasm. Korporativ tarmoqlarda jahon elektron resurslarini to‘plash algoritmi.
Barcha tashkilotlarda soha yoki qiziqishlaridan qat’i nazar lokal tarmoqlar rejimida kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, nusxa ko‘chirish kabi amallar bajariladi. Olingan materiallar tizimlashtiriladi, hujjat turlari asosida metama’lumotlarga ajratiladi: ilmiy maqola, kitob, darslik, ko‘p tomli nashrlar, jurnallar, dissertatsiyalar, multimedia resurslari va h.k.
Resurslarni kataloglashtirishning keyingi bosqichi MARC formatlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tegishli metama’lumotlar maydonlari asosida amalga oshiriladi. Korporativ tarmoqda ishlash bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Bular: konsorsium ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni operativ almashish; yozuvlar va materiallarning qayta takrorlanishi oldini olish; yig‘ma elektron katalogni (YEK) shakllantirish. YEK tarmoqqa yagona portaldan kirish va JAR lardan samarali qidiruvni tashkil etishga imkon yaratadi.
2-rasmda axborot kutubxona markazlarining (AKM) korporativ tarmoqlarida integratsiyalangan tizim tuzilmasi keltirilgan. Bu tizim turli xil tashkilotlar, nafaqat, oliy ta’lim muassasalari doirasida, balki kollej, litsey, maktablar, arxivlar va h.k.larning korporativ tarmoqlarida yagona texnologiyalar asosida tezkorlik bilan ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumotlar almashuvini ta’minlashga imkon yaratadi.
Integratsiya masalalarini hal etish uchun bulutli texnologiyalardan foydalaniladi. Bunday tizimlarda bulutli texnologiyalarning roli barchaga ochiq resurslar va yig‘ma elektron katalogni shakllantirish hamda foydalanishni ta’minlashdan iborat. YEK axborot resurslari oqimida respublikaning turli xil turdagi foydalanuvchilari uchun virtual muhitda tezkor axborotga ega bo‘lishda yo‘lko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
OTM kutubxonalari KT
Aholini axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini, tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan to‘liq matnli axborotga ega bo‘lishini ta’minlash respublikamizda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Fan va ta’limga oid ilg‘or manbalardan foydalanishga imkoniyat yaratish orqali ilmiy markazlar, o‘quv muassasalarining ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim berish potensialini oshirish mumkin. Lekin, qimmatbaho axborot resurslarini shakllantirish va saqlash uchun elektron-kutubxonalarda zarur ilmiy-ta’limiy materiallarni olish va to‘plashga imkon yaratuvchi maxsus texnologiyalarni rivojlantirish zarur.
Bunda, respublikaning axborot industriyasini rivojlantirishda, ilmiy ma’lumot bazalarining axborot fondlariga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va yetakchi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini birlashtirish zarur. Bugungi kunda JAR laridan faqatgina foydalanish emas, balki JAR asosida elektron-kutubxonalarni shakllantirish lozimdir. Bunday rivojlangan axborot infrastrukturasini amalga oshirish shartlari quyidagilar:
Yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining mavjudligi;
Bibliografik yozuvlarni taqdim etishning xalqaro talablari asosida elektron-kutubxonalarni shakllantirish;
Elektron kataloglar tashkil eta oladigan, ilmiy-ta’limiy, biznesga va h.k. oid resurslarni raqamlashtirish, to‘liq ma’lumot bazalari, multimedia ma’lumot bazalarini shakllantira oladigan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi;
Tarmoq va ma’lumot bazalarining vakolatli boshqaruvini tashkil etish.
Rivojlangan telekommunikatsion tarmoqlar va elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiruvchi dasturiy mahsulotlar konsorsium ishtirokchilari o‘rtasida yuqori tezlikdagi kanallar orqali ilmiy-ta’limiy axborotlarni almashishga imkon yaratadi. Yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi, ma’lumot bazalarini, axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqilishi, axborotni tashuvchi, tarqatuvchi tashkilotlar bilan ijodiy hamkorlikning mavjudligi, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ilmiy markazlarning zarur ilmiy-ta’limiy axborotlar bilan ta’minlanishi korporativ tarmoqni rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa kerakli bo‘lgan axborotlarni qidirishga ketadigan vaqtni o‘nlab va yuzlab marotaba qisqartirish imkonini berib, raqobatbardosh axborot mahsulotlarini yaratishga, OTM va kutubxonalar o‘rtasida samarali axborot almashinuviga imkon yaratib o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradoligini oshirishga xizmat qiladi.
Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yig‘ma elektron katalog yaratish, elektron darsliklarning to‘liq matnli ma’lumot bazalarini yaratish, talaba, o‘qituvchi, ilmiy xodimlarga masofadan xizmat ko‘rsatish, elektron kutubxonalarga, respublikada yaratilgan qimmatli ma’lumot bazalariga, jumladan JARlarga kirish, ulardan foydalanish imkonini yaratadi. Korporativ tizim virtual kutubxonalarga bo‘lgan birinchi qadam hisoblanib, axborot mahsulotlari orqali o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Tarmoq ma’lumotlar uzatishning yuqori tezligini ta’minlash, o‘rnatilgan qoidalar asosida yangi abonentlarni qo‘shish, mavjud axborotlar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Korporativ axborot tizimlari texnologiyalarini qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
elektron ilmiy-ta’limiy resurslardan samarali foydalanishni
ta’minlash samaradorlikini oshirish (ayniqsa, viloyatlarda), ta’lim olishning interaktiv usullarini, jumladan, telekonferensiya va tele-ma’ruzalar, masofadan ta’lim berish, bilimlarni sinovdan o‘tkazish tizimini joriy etish;
xalqaro standart talablariga javob beruvchi ilmiy-ta’limiy to‘liq ma’lumot bazalarini shakllantirish (elektron darsliklar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, multimediya (o‘quv, kino, multiplikatsion filmlar, musiqa asarlari va boshq.);
virtual kutubxona rejimida ilmi- ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalari va elektron katalogida onlayn foydalanish imkonini yaratish;
axborot-kutubxona muassasalari, OTM elektron kataloglarni yaratilishini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni yaratish bo‘yicha sarf xarajatlarni qisqartirish;
ilmiy va ta’lim muassasalarini, hamda davlat va biznes tashkilotlarini zarur axborot bilan ta’minlash;
tarmoq ishtirokchilariga ilmiy-ta’limiy axborotlarni lokal elektron
kataloglarini yaratishning samarali imkoniyatlarini yaratish;
bu tizim AKMlarini o‘zaro hamkorligini yaratish, turli xil tashkilotlarning kutubxona va axborot tarmoqlarini birlashtirish orqali respublikada mustahkam axborot-kutubxona infratuzilmasini yaratishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |