1.2.“Bank faoliyati statistikasi ” fanining predmeti, metodi va vazifalari Bank statistikasi statistika fanining bir tarmokchasi hisoblanadi.
Bank statistikasi fanini o'rganish usulini ko'rib chikayotganimizda asosiy eъtiborni statistika fani umuman uzida nimani mujassamlashtirishiga karatishimiz lozim.
Statistika shunday fanki unda jamiyat iqtisodiyotdagi yuz beradigan voqea xodisalarning xolati va rivojlanishi raqamlarda ifodalab beriladi.
Raqamdagi maъlumatlar to'g'ridan-to'g'ri davlatga tegishli bo'limi, uning bozor teratoriyasiga hamda xalk xo'jaligining biror tarmogiga tegishli bo'lishi mumkin. Statistik ko'rsatkichlar yana vokea va xodisalarni rivaojlanish (dinamika) jarayonini maъlum bir vaqtga (yil) xarakterlaydi. Ijtimoiy vokea xodisalarni rivojlanishi raqamlarda belgilashda statistika hisobning umumlashtirish orkali amalga oshiradi.
Statistikadagi xar bir raqam uzida konkret statistik ko'rsatkichni mujassamlashtiradi, yaъni ijtimoiy vokea xodisani sifat tomonini mikdor tomonidan taъriflab beradi.
Bunday ko'rsatkichlarga misol qilib: axoli soni, uning yoshi bo'yicha tarkibi, jinsi bilim darajasi;
Sanoatda yoki kishlok xo'jaligida ishlab chiqarilgan maxsulot xajmi, kishlok xo'jaligining maxsuldorligi, banklarni kredit resurslari xajmi, ishlab chiqarilgan milliy maxsulot xajmi va boshqalar.
Statistik ko'rsatkichlar absolyut mikdorlarda (axoli soni, maxsulot kiymati, kredit kuyilmalari xajmi) nisbiy mikdorlarda (shaxar va kishlok axolisi foizi, kredit kuyilmalarining umumiy kuyilmalardagi mikdori, hamda o'rtacha mikdorlar (o'rtacha ish xaki, jamgarmaning o'rtacha mikdori va boshqalar).
Shunday qilib statistikani predmeti bo'lib, jami ijtimoiy vokea xodisalarni mikdori tomoni bilan sifat tomonini kushib o'rganish, yaъni mazmuniga sifat tavsifnomani berish hisoblanadi.
Barcha xodisalar (vokealar) sifat va mikdor tomonidan tavsifnoma berilgan bo'ladi. Masalan: Tijorat banklari bo'limi sifat tomonidan mazmunini karaydigan bo'lsak, davlat muassasasi hisoblanib, pul muomalasini bajarib turuvchi, korxona va tashkilotlarni kreditlashni amalga oshiruvchi, xujaliklar o'rtasida uzaro tovar va xizmatlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hamda boshqa operatsiyalarni bajaruvchi muassasa hisoblanadi. Yukoridagilar bilan bir qatorda bank bo'limi faoliyatini mikdoriy tomondan xarakterlash mumkin. Bunga ishchi xodimlar soni, ular tomonidan ishlanadigan pullik xo'jjatlar berilgan kiska va uzok muddatli kreditlar summasi, hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalar bo'yicha mikdoriy tavsifnoma berishni misol qilishimiz mumkin.
Statistika yalpi ijtimoiy vokea (xodisa)lar bilan shugullannar ekan, statistik maъlumotlar (raqamlar) yalpi kuzatishlar natijasi, yaъni vokealarni yalpi umumiy yigindisi hisoblanadi. Masalan: xar bir inson etarli yoshga ega bo'ladi, xar bir ishchi maъlum mikdorda ish xaki oladi. Bu maъlumotlar konkret hisoblanib, statistik ko'rsatkich hisoblanmaydi. Ana shunday vokealarga asoslanib statistika ularni umumlashtiradi hamda axolining sonini, ularni yoshi bo'yicha guruxlarga ajratish, ishlovchilar soni, ish xaki fondi va boshqalarni, yaъni umumlashtirilgan statistik ko'rsatkichlarni oladi.
Statistik raqamlar hamma vaqt biror bir statistik ko'rsatkichning sifat va mikdor tomonini belgisiga karab xarakterlaydi, shuning uchun ham yalpi maъlumotlar statistik fanda zaruriy tushuncha hisoblanadi.