Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti 20101-guruh talabasi Jo’rayev Jamshidning Mehnat iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan slaydi
Reja: 1.Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axoli bandligini oshirishni taʼminlash.
“2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axholi bandligini taʼminlash parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Respublikada joriy yilning birinchi yarim yilligi holatiga mehnat resurslari soni 19,1 mln kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga oshdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foizni tashkil etdi.
Joriy yil birinchi yarim yilligida mamlakat bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 273 ming nafar fuqaroning 40 foizi, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2890 nafardan ziyod ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Toshkent shaxrining Yashnobod va Yunusobod tumanlarida “Kunlik ishchilar markazi”lari ochildi va har kunlik ishchilarni Jobcafe platformasi orqali ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yildi. Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari, shuningdek Toshkent viloyatining Toshkent tumani hamda respublikaning boshqa hududlarda “Kunlik ishchilar markazi”lari ochilishi rejalashtirilgan.
“Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Pandemiya sharoitiga qaramasdan, karantin davrida 131,2 ming nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ularning bandligi taʼminlandi.
Shu bilan birga, karantin davrida shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi orqali dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lgan fuqarolar soni 201,1 ming nafarga ortdi.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy taʼsirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) nafar ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi taʼminlandi, 15,0 ming nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
Joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan videokonferensiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning ijrosi haqida”gi axboroti eshitildi
Axborotda 2019 yilda O‘zbekistonning ish bilan band bo‘lgan aholisining o‘rtacha yillik soni 13,5 million kishini tashkil etib, ish bilan ta’minlanganlar soni har yili o‘rtacha 300 ming kishiga ko‘paygan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi 71,2 foizni tashkil qilishi, shuningdek, ish o‘rinlarining to‘rtdan uch qismi yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyatni amalga oshiruvchi, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga yaratilganligi aytib o‘tildi.
Respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha Dastur vazifalarini bajarish uchun 2030 yilga kelib ish bilan band bo‘lganlar sonini 16,7 million kishiga yetkazish, bunda ish bilan band aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,6 foizni yoki 245 ming kishini tashkil etishi kutilayotganligi, 2030 yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash yo‘nalishidagi asosiy muammolaridan biri bu norasmiy bandlik hisoblanib, bugungi kunda noqishloq xo‘jaligi sektorlarida norasmiy bandlik ulushi 54,3 foizni tashkil etmoqda. Norasmiy bandlik ulushi erkaklar va ayollarga nisbatan bo‘lib, erkaklarning 22,1 foizi norasmiy ish bilan band bo‘lsa, ayollarda bu ko‘rsatkich atigi 12,5 foizni tashkil qilishi ta’kidlandi.