1-mavzu biologiyani o‘qitish metodikasi predmeti, O‘rganish ob’ekti, maqsadi va vazifasi (2 soat)



Yüklə 46,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü46,84 Kb.
#209118
  1   2   3   4
1-Ma\'ruza



1-MAVZU BIOLOGIYANI O‘QITISH METODIKASI PREDMETI, 
O‘RGANISH OB’EKTI, MAQSADI VA VAZIFASI (2 SOAT) 
 
REJA: 
1.Fan va o‘quvfani tushunchalari.
2.Pedagogika va xususiy metodika.
3.Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti va ob`ekti. 
4.Biologiya o‘qitishning ilmiy tadqiqot metodlari. 
5.O‘zbekitson Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
Tayanch iboralarlar. 
Fan va o‘quv fani tushuncha, pedagogika va xususiy metodika, biologiya o‘qitish 
metodikasining predmeti va ob’ekti, biologiya o‘qitishning ilmiy tadqiqot 
metodlari.
 
 
Biologiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. 
 
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan 
o‘quv, jarayonlar, prinstiplar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur prinstip 
va qonuniyatlarni bilish O‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-
tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish 
imkonini beradi. 
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning 
o‘qitish shakllari, metodlari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning 
maqsad qilib qo‘yadi.Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarga biologik o‘kuv fanlar bo‘yicha chuqur atroflicha bilim berish, 
ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak 
beruvchi o‘quv fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va metodlarini 
ishlab chiishdan iborat. 
Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida 
Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va 
xodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan, hamda tadqiqot ilinayotgan 
narsa xodisalar to‘g‘risida to‘li va chuur bilim olishga aratilgan. Fanning asosiy 
funksiyasi tadqiqot hisoblanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog‘liq o‘quvchilarning 
bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadi qilishni 
maqsad kilib ko‘yadi. 
Fanning asosiy belgisi bo‘lib, maqsadning aniligi, o‘rganish predmeti, 
bilimlarni bqilish usullari va shakllari hisoblanadi. SHu bilan birga fanning 
rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo‘lgan kashfiyotlarni qilish ham 
muhim sanaladi.
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. SHu sababli 
uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va 
vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taaluli bo‘lgan 
pedagogik oidalarni, biologik o‘quv materialiga tadbi etishga yo‘nalgan. SHu


bilan bir atorda biologiya o‘qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik,
pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini, 
mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinstipini belgilab beradi.
Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning 
o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan biologik 
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganiklari bilan belgilanadi. Ular esa o‘z 
navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiodi, tabiat, 
jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning 
rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatdan takomillashtirishga 
bo‘lgan extiyoji bilan ifodalanadi.
Biologiya o‘qitishning maqsadi yuorida qayd qilingan omillardan kelib 
chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini 
boshqarish imkoniyatini beradi.
Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari tubandagilardan iborat: 
1.
O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga etkazishda o‘quv fanining 
o‘rnini aniqlash; 
2.
Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq etish; 
3.
O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi 
mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash; 
4.
Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, 
o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiish; 
5.
O‘qitish jarayonida o‘llash uchun zarur jihozlarni anilash. Biologiya xonasi 
tirik burchak, tajriba er maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, 
video vositalarni belgilash.
Biologiya o‘qitish metodikasining ob’ekti bo‘lib, mazkur o‘quv fani bilan 
aloqador bo‘lgan o‘quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti bo‘lib biologik bilimlarning maqsadi, 
mazmuni, o‘qitish usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. 
Biologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari: 
 
1.Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, 
salbiy tomonlarini anilash;
2.Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal 
etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi 
farazlarni ilgari surish; 
3.Ilgari surilgan farazlarning anchalik hayotga yaqin ekanliklarini aniqlash 
maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat 
sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash; 
4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil 
qilish, umumlashtirish va xulosalash; 
5.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar 
yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda 
tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish. 


Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish metodikasida o‘tkazilgan pedagogik 
tajribalar natijasida «Biologik tushunchalarni rivojlantirish», 

Yüklə 46,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin