1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja



Yüklə 247,5 Kb.
səhifə4/7
tarix01.02.2023
ölçüsü247,5 Kb.
#82109
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja

Xoʻjalikka rahbarlik qilishdan kelib chiqadigan munosabatlar. Xoʻjalik munosabatlarining ikkinchi guruhi xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qilish, yaʼni xoʻjalikni boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Xoʻjalik subyektlari mahalliy hokimiyat organlari bilan tegishli xoʻjalik faoliyatini tashkil etish va mulkni boshqarishda ishtirok etadi. Bunday xoʻjalik munosabatlari, garchi foyda olish bilan bogʻliq boʻlsa-da, xoʻjalik boshqaruvini oʻz ichiga oladi. Davlat byudjetidagi muassasalar, xayriya jamgʻarmalari va xoʻjalik munosabatlariga kirishadigan boshqa muassasalar faoliyati foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat jumlasiga kiradi. Bu munosabatlar biznes faoliyati bilan juda yaqin boʻlib, shakli jihatdan uni amalga oshirishdan deyarli farqlanmaydi va shu tufayli biznes huquqi bilan

bogʻliq boʻladi. Bu xoʻjalik munosabatlarining ikkinchi guruhini tashkil etadi.

  1. Ichki xoʻjalik munosabatlari. Bu har bir korxonaning, bir- lashmaning ishlab chiqarish tuzilmalari oʻrtasidagi ichki munosabatlari koʻrinishida namoyon boʻladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xoʻjalik munosabatlarining uch asosiy guruhi bozor iqtisodiyotiga oid boʻlgan va davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik subyektlarining koʻp qirrali faoliyatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat jamiyat manfaatini hisobga olgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy taʼsir etadi, uning faoliyatini nazorat qiladi.
Xoʻjalik (biznes) huquqining oʻziga xos xususiyatlari uning subyektlari bilan ham bogʻliqdir.
Biznes huquqi huquqning mustaqil tarmogʻi sifatida boshqa huquqiy fanlardan oʻziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Biznes huquqini huquqning bir tarmogʻi deb hisoblashga uning fuqarolik huquqi va boshqa huquqlardan farqi asos boʻladi. Uning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Maʼlumki, biznes huquqi huquqning alohida tarmogʻi boʻlgan fuqarolik huquqiga juda yaqin boʻlsa-da, u eng avvalo tushunchasi, predmeti, subyektlari bilan undan farq qiladi. Bu ikki fanning tushun- chasidagi farqni olib koʻraylik. Fuqarolik huquqining predmeti taraf- larning teng huquqliligiga asoslangan mulkiy munosabatlardan iborat. Biznes huquqida ham mulk bilan bogʻliq munosabatlar salmoqli oʻrin tutadi. Lekin biznes huquqida mulkiy munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining teng huquqliligi bilan bir qatorda biri ikkinchisiga itoat etishi, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishi orqali ham kelib chiqadi. Fuqarolik huquqining subyektlari boʻlib barcha fuqarolar hisoblanadi. Fuqarolar biznes huquqining ham subyekti boʻla oladi, lekin bunda faqat tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan fuqarolargina subyekt sifatida qaraladi. Yuridik shaxslar ikkala huquq sohasining ham subyekti hisoblanadi. Ammo yuridik shaxsning tashkil etilishi, ular tomonidan biznes faoliyatining amalga oshirilishi va ularga rahbarlik qilish jarayonlari farq qiladi. Fuqarolik huquqiy mu- nosabatlarda davlat ikkinchi taraf bilan teng huquqli boʻlib qatnashsa, biznes huquqida esa u iqtisodiyotga rahbarlikni amalga oshiruvchi subyekt sifatida ishtirok etadi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga
solinuvchi shartnomaviy munosabatlar asosan isteʼmolchilarning moddiy ehtiyojini taʼminlashga qaratiladi. Agar shartnomaviy munosabatlar tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmasa, bunday munosabatlar biznes huquqining normalari bilan tartibga solinadi. Ana shu jihatlari bilan biznes huquqi mehnat huquqiga juda yaqin turadi. Ammo bu ikki huquq sohasi ham bir-biridan farqlanadi. Biznes huquqi subyektlar oʻrtasidagi biznes munosabatlarini tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi aso- sida roʻyobga chiqadigan munosabatlarini, mehnat jamoasidagi ichki tartib-qoidalarni, ish rejimini va shunga oʻxshash mehnat shartnomasi bilan bogʻliq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. Biznes muno- sabatlarini amalga oshirishda tadbirkor yollanma mehnatdan foyda- lanishi ham mumkin. Lekin bu munosabatga mehnat qonunchiligi tadbiq etiladi. Mehnat qonunlari, mehnat shartnomalari, jamoa shart- nomalari, mehnat jamoasi faoliyatini, uning kengashi faoliyatini tartibga solishda tadbiq etiladi.
Biznes huquqining maʼmuriy huquq fani bilan aloqadorligini koʻrib chiqaylik. Maʼmuriy huquqning predmetini maʼmuriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bunday munosabatlar itoat etuvchi organlarga va mansabdor shaxslarga oʻz koʻrsatmalari orqali taʼsir etish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Biznes munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yoʻq. Mavjudlari ham bozor munosabatlariga tobora oʻtib borilayotgan bir sharoitda barham topib bormoqda. Maʼmuriy huquq biznes huquqidan deyarli butunlay farq qiladi. Chunki maʼmuriy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ijro farmoyishi bilan bogʻliq boʻlib, biznesdan bir- muncha uzoqroqda turadigan munosabatdir.
Biznes huquqi konstitutsiyaviy huquq, ekologiya huquqi va qishloq xoʻjaligi huquqi bilan ham oʻziga xos xususiyatlari orqali farqlanadi. Biznes huquqi turdosh huquqlar — xoʻjalik, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa huquqlardan oʻziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Biznes huquqining mohiyati mulkchilik subyektlarining tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan foyda yoki daromad olishga qaratilgan faoliyatidan iborat. Xoʻjalik huquqining mohiyati ham tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan bogʻliq,
ammo bu faoliyat doimo foyda olishga qaratilmaydi. Biznes sohasidagi faoliyat aksariyat mustaqil boʻlib, tadbirkorning oʻz xohishi, istagi bilan aniqlanadi. Biznes huquqi bilan xoʻjalik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar goʻyo bir xildek koʻrinadi, ammo ular bir-biridan farqlanadi. Biznes qoidalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar xoʻjalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan farq qiladi. Xoʻjalik huquqiga doir faoliyat davlat yoki jamoa tashkiloti tomonidan belgilangan faoliyat hisoblanadi, uning ishtirokchilari faqat oʻz vazifasini bajargan boʻlsa bas, undan qancha foyda va daromad kelish-kelmasligi ularni qiziqtirmaydi.


  1. Yüklə 247,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin