tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish boʻyicha turli
imkoniyatlarga ega boʻlgan xaridorlar;
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib
beruvchi ta’minotchilarning narxlar boʻyicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda oʻzining siyosatini yuritishi uchun
quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:
bozorda mavjud boʻlgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va
xizmatlarni yaratish;
firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va
xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
firma oʻzga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat
qilishidan koʻra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va
ta’minotchilarni oʻziga biriktirib olishi;
mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish.
Strategik boʻg‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun
strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish
ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning
tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va
zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda,
nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion
qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng soʻnggi
takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda
koʻpgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi
strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy boʻg‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni oʻynaydilar va
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ
tarzda yetkazib berishda foydalanadilar.
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan koʻp rejalilik, koʻp funksiyaviylik
sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali
ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi -
dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yoʻllarini aniqlab olish kerak,
soʻng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar -
tashkilot strategik axborot tizimlaridan oʻz maqsadlarini aniqlashda va strategik
rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki
nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish
yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda.
2. Raqobat strategiyasi tushunchalari
Soʻnggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining
koʻp qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan boʻlib, bozor
munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining
bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi oʻtgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan
boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy
iqtisodining asosiy negizi boʻlib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib
toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab
etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur
boʻlgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-
kommunikatsiyalar
texnologiyalarining
rivojlanib
borayotganligi
evaziga
erishilmoqda.
Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng
tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga
ortib borib dunyo boʻyicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa
axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan:
a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir
xonadonga kirib bormoqda;
b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti.
Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va koʻngil ochish,
tarmoqda maorif va tarbiya;
v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda boʻlishidan qatьiy nazar axborot
tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yoʻnalishdagi
axborotni toʻliq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda;
g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar oʻrtasidagi georgrafik va
geosiyosiy chegaralar yoʻqolib borayapti.
Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish
jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi
hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta
ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni koʻp mehnat va vaqt talab
etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish
jarayoni tubdan oʻzgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka
qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish
va iste’mol qilishga yoʻnaltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan
jamiyatda koʻproq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot
ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi
tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari
axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi boʻlib xizmat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu
jamiyat shakllanishining negizi sanaladi.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar boʻlib
axborot
Dostları ilə paylaş: