1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Legallashtirish nimasi bilan foydali?



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə16/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Legallashtirish nimasi bilan foydali?


O‘zini o‘zi band qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgandan keyin guvohnoma oladi — bu guvohnoma uning maqomini tasdiqlaydi. Guvohnoma bir oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi, uni olish uchun to‘lanadigan to‘lov guvohnoma muddatiga bog‘liq: 1 oyga to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (111 500 so’m) bo‘lsa, 12 oyga bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha (1 003 500 so’m). Guvohnoma to‘lovi faoliyat turiga bog‘liq emas.
Agar o‘zini ish bilan band qiluvchi o‘z maqomini davom ettirishni istasa ro‘yxatga olish joyiga takroran murojaat qilishi mumkin. Guvohnoma olish uchun murojaatlar miqdori cheklanmaydi.

Ushbu ro‘yxatdan o‘tishning o‘ziga xosligi shundaki, siz o‘zini ish bilan band qilgan fuqaro sifatida yoshga, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya olish huquqiga ega bo‘lasiz.


Mehnat guvohnomasining amal qilish davri bu davrda o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyati amalda bajarilganligi yoki o‘zini band qilgan shaxs bu vaqtda ishlamay dam olganidan qat’i nazar pensiyani hisoblab chiqarish uchun mehnat stajiga hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tildi, to‘lov to‘landi — va mehnat guvohnomasining amal qilishida staj oshib boradi.
Mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning:

  • 60%i Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — pensiya sug’urtasi badalini to’lash hisobiga;

  • 20%i Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga;

  • 20%i davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Ya’ni, ko‘rib turibmizki, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq mablag‘ning katta qismi ayni o‘zini band qilganlarning kelgusida pensiya olishlari uchun zarur bo‘lgan to‘lovlarga ketadi.
O‘zini band qilgan maqomida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin u jismoniy shaxs bilan biror ishni bajarish bo‘yicha yozma shartnoma tuzishi yoki ish muomalasi odatlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda og‘zaki ravishda kelishib olishi mumkin. Agar shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, mabodo o‘rtada ixtilof kelib chiqqanda, sudda o‘z mavqeini himoya qilish oson bo‘lishi o‘z-o‘zidan ravshan.
Shuningdek, mehnat guvohnomasiga ega shaxs jarima yoki ta’qiblardan xavfsiramay, o‘zini mutaxassis sifatida bemalol ochiq reklama qilishi ham mumkin.
Sir emaski, tegishli tuzilmalar fuqarolar o‘z tovarlari va xizmatlarini asosan o‘z mablag‘lari hisobidan taklif etadigan ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn-maydonchalarni monitoring qilib boradi. Bu daromadlardan soliq to‘lanmaydi. Davlat ro‘yxatdan o‘tmagan barcha biznes turlarini panadan olib chiqish vazifasini qo‘ygan, shuning uchun soliqchilar har qanday yo‘llar bilan qonunbuzarlarni aniqlaydilar.
Daromad olib, soliq deklaratsiyasini to‘ldirmaydiganlarning barchasini qidiradilar. Va jismoniy shaxslar qanday ishlarni bajarayotganlari va qanday xizmatlar taklif etayotganlarining mutlaqo ahamiyati yo‘q, daromad solig‘ini har bir odam to‘lashi lozim.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin