1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari
O‘zini ish bilan band qilganlar nima bilan shug‘ullanishi mumkin?
O‘zini ish bilan band qilganlar — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan va yollanma ishchilar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ishlash/xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar.
Muhimi shundaki, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni biz aniqlay olmaymiz, buning uchun mehnat organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tish va vaqtincha mehnat guvohnomasi olish lozim.
Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bilan O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda tanishish mumkin.
Guvohnoma olish uchun ariza berish lozim. Uni mehnat organiga shahsan yetkazib berish yoki o‘z vakili orqali buyurtma xat, yo bo‘lmasa onlayn tartibda taqdim etish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi bo‘yicha) har qanday tuman mehnat organiga murojaat qilish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tishdan avval siz mehnat faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishingizni aniqlab olishingiz kerak. Ruxsat etilgan o‘zini-o‘zi band qilish turlari jadvali uncha katta emas va yopiq — ular atigi 24 ta. Bu o‘rinda yakka tartibdagi tadbirkorlikni tartibga solish bilan o‘xshash, ular ham faqat qonunchilikda belgilangan mehnat turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Ruxsat etilgan faoliyat turlari orasida:
uyda repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda va guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish;
bolalar, bemorlar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa shaxslarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
Shuningdek jismoniy shaxslar uchun faoliyatning eng panadagi turlaridan biri — avtomobillarni yuvish va ta’mirlash ham legallashtirildi.
O‘zini o‘zi band qiluvchilarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va savdo qilish, kiyim tikish, har qanday professional konsalting bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmaydi. Jadval bilan batafsil Nizomda tanishib chiqish mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishda ayrim holatlarda mehnat organi ro‘yxatga olishni rad etishi mumkin. Bular qanday holatlar? Xususan:
ro‘yxatga olish uchun berilgan arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar aniqlangan;
faoliyat turi jadvalda ruxsat etilganlariga to‘g‘ri kelmagan;
guvohnoma olish uchun to‘langan to‘lovni tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etilmagan holatlarda.
Jismoniy shaxs bunday xatolar aniqlangan va to‘g‘rilangandan keyin uch kun ichida yana bir marta ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berishi mumkin.