14. Ayrim turdagi tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im.
15. Yagona soliq to’lovi.
16. Yagona yer solig’i.
17. Qat’iy soliq.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
Soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to’lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
YIG’IM
Yig’im deganda vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yuridik ahamiyatga molik hatti-harakatlar amalga oshirilishining shartlaridan biri bo’lib hisoblanadigan, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy badal tushuniladi.
Boj - bu yuridik va jismoniy shaxslardan maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan ma’lum bir holatni belgilash yoki yuridik kuchga ega bo’lgan xujjatni berish uchun to’lanadigan to’lov.