1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Yuridik shaxslarning foyda solig’i stavkalari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə91/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Yuridik shaxslarning foyda solig’i stavkalari.

Soliq stavkalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.

2011 yil uchun foyda solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24- dekabrdagi PK-1449-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bular quyidagi jadvalda keltirilgan.


Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan Soliq stavkalari.


Soliq to’lovchilar

Soliq solinadigan bazaga nisbatdan foizda


1

Yuridik shaxslar (2-3 bandlardagidan tashqari)

9

2

Tijorat banklari


15

3

Auksionlar o’tkazishdan, gastrol-qonsert faoliyati bilan shug’ullanishga lisenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shuningdek norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar


35

4

O’zi ishlab chikargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qat’iy nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom-ashyo mahsulotlaridan tashqari) :






Sotishning umumiy hajmi da 15 foizdan 30 foizgacha


Belgilangan stavka 30 % ga pasaytiriladi




Sotishning umumiy hajmi da 30 foiz va undan yukori


Belgilangan stavka 50 % ga pasaytiriladi


5


1-bandda ko’rsatilgan xizmatlar ko’rsatish soxasi korxonalari uchun, plastik kartalar qo’llanib haq to’langan holda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi bo’yicha.

Belgilangan stavka 10 % ga pasaytiriladi



50-mavzu: Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish


Reja:

  1. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari

  2. Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar

  3. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash

Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.


Jismoniy shaxslarning–O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq Kodeksining 169–181, 183–196-moddalariga muvofiq soliq solinadi, bundan O’zbekiston Respublikasidagi ushb Kodeksning 182-moddasiga muvofiq soliq solinadigan doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan manbalardan olingan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari mustasno.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin