1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə94/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagilar kiradi:

1) qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yillik) va qo’shimcha ta’tillarga haq to’lash, foydalanilmagan navbatdagi (har yillik) va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalar bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;


2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga beriladigan to’lovlar;
3) donor xodimlarga ko’rikdan o’tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
4) O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;
5) qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo’yicha maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni to’lash;
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo’qotgan xodimlarga qo’shimcha haq to’lash;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq to’lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to’lash;
11) o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga qonun hujjatlariga muvofiq qo’shimcha ta’til haqini to’lash;
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o’quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to’lash;
13) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi amalga oshiradigan to’lovlar;
14) moddiy yordam to’lovi;
15) yuridik shaxsning mablag’lari hisobidan to’lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo’shimchalar, stipendiyalar;
16) oliy o’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar;
17) xodimga muhim sana, uzoq yillik xizmati, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari munosabati bilan to’lanadigan rag’batlantirish tarzidagi to’lov
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
5) sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (litsenziya) sotilgan taqdirda, patent (litsenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxs sotishdan olgan daromad;
6) royalti;
7) qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar va yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini (payini) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
8) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori hamda fermer xo’jaligi boshlig’i, xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
Soliq to’lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar quyidagilardir:
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumladan:
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish, tarbiyalash;
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
oziq-ovqat, oylik yo’l chiptalari yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
sanatoriy-kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo’lgan boshqa xarajatlari;
2) sovg’alar, tekin berilgan, shu jumladan hadya qilish shartnomasi asosida berilgan tovarlar, soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobilь transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo’lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to’lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan Aksiz to’lanadigan tovarlar yoki qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida Aksiz solig’ining va qo’shilgan qiymat solig’ining tegishli summasi hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar;
2) stipendiyalar;
3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamg’armalarining mablag’laridan ko’rsatiladigan moddiy yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo’yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar;
11) jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos bo’yicha tugatilgan taqdirda, mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin