Chegirilmaydigan harajatlar quyidagilarkiradi:
Moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi me’yorlaridan ortiqcha yo’qotishlar va buzilishlar;
Xodimlarga berilgan yoki Soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha narxdagi farqlar. (zararlar);
Belgilangan me’yorlardan ortiqcha harajatlar (xizmat safarlari, vakillik harajatlari, ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha ajratmalar);
Nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar;
Xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa chet el tashkilotlariga joylarni bepul
berish harajatlari;
Yilik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o’tkazish
harajatlari;
Soliq to’lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash harajatlari;
Xodimlarga bepul ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq ovqatlar,tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki xodimlar uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy joy haqini to’lash harajatlari (yoki uy-joy,kommunal xizmatlar va boshqa lar uchun pul kompensasiyasi so’mmalari);
10.Xodimlarga qo’shimcha berilgan ta’tillarga to’langan haq va ular yuzasidan qonun
xujjatlarida nazarda tutilgan me’yorlardan ortiqcha kompensasiyalar;
Xodimlarning ovqatlanishi, yo’l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun
yo’llanmalar, ekskursiyalar va sayoxatlar uchun, sport seksiyalari, to’garaklari, klublaridagi mashg’ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun,obuna hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan harajatlarning o’rnini qoplash yoki to’lash va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar;
Bayram sanalari va muxim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag’batlantirish hisoblanadigan bir yo’la mukofotlar;
Sud chiqimlari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |