Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha tuziladigan bir yillik rejada ko‘zda tutilgan tadbirlar ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoaviy shartnomada o‘z ifodasini topadi. Jamoaviy shartnoma loyihasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muhokamaga qo‘yiladi va u ma’qullangach, tashkilot ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
barcha yangi qurilayotgan оbyektlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi masalalarini qamrab olgan ishlab chiqarish ishlari loyihasi bilan ta’minlash;
ish joylarida ishlayotgan barcha mashina va mexanizmlarning sozligi va texnikaviy holati ustidan qat’iy nazorat qilib borish hamda ularni belgilangan vaqtlarda sinovdan o‘tkazish;
sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar yana takrorlanmasligi uchun ularni tahlil qilib borish;
xavfsizlik texnikasi holati ustidan uch bosqichli ma’muriy- jamoat nazoratini doimiy ravishda olib borish;
xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlaydigan yangi moslama va vositalar ishlab chiqish;
elektr qurilmalari va jihozlarining yerga ulanganligini tekshirib borish;
ishchilarni maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanish darajasini nazorat qilib borish;
ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanmalar bilan ta’minlab borish.