Mehnat muhofazasini rejalashtirish


b) Ishlab chiqarishda kasallanishning oldini olish uchun



Yüklə 31,04 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü31,04 Kb.
#210470
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat muhofazasini rejalashtirish-www.fayllar.org

b) Ishlab chiqarishda kasallanishning oldini olish uchun:
  • ish joylarida va dam olish xonalarida me’yoriy mikroiqlim bo‘lishini ta’minlash;


  • ishchilar va xodimlarni ishga va ishdan avtobuslarda yoki shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan avtomobillardagina tashish;


  • ishlab chiqarishda kasb kasalligining oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish;


  • belgilangan ish turlari uchun tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish;


  • ish joylari va dam olish xonalarining sanitariya holatini yaxshilash;


  • loyiha asosida talab etiladigan ish joylari va binolarida shamollatish, shovqin hamda titrashni kamaytirish moslamalarini o‘rnatish;


  • maxsus kiyim-boshlarni quritish, yuvinish xonalarini hamda issiq sexlarda gazsuvlarni tashkil etish;


  • belgilangan ish turlaridagi ishchilarni sut va boshqa profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni tashkil etish.




d) Mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun:
  • ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar va yangi texnikalarni joriy etish;


  • xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini keng уo‘lga qo‘yish;


  • xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga


уo‘naltirilgan musobaqalar tashkil etish;


  • ish joylari, sanitar vagon-uychalar va boshqa ishlab chiqarish binolarini yangi zamonaviy shamollatish hamda isitish qurilmalari bilan jihozlash.




e) Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish uchun:
  • barcha ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, уo‘riqnomalar o‘tish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish;


  • mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus xonalar tashkil etish;


  • mehnat muhofazasi bo‘yicha seminarlar tashkil etish;


  • yangi joriy etilgan texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha уo‘riqnoma va qo‘llanmalar ishlab chiqish.


Yuqorida keltirilgan tadbirlar majmui korxonaning ishlab chiqarish sohasiga bog‘liq holda kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan mablag‘larni quyidagi tartibda taqsimlash maqsadga muvofiq hisoblanadi: ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun – 40%; kasallanishning oldini olish uchun – 20%; mehnat sharoitini yaxshilash uchun – 30%; mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish uchun – 10%. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yuqori tashkilotlarning roziligi bilan sarflanadigan mablag‘larni bir guruh tadbirlardan ikkinchisiga o‘tkazishi mumkin. Bu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni boshqa tadbirlar uchun sarflash taqiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek, mulk shaklidan qat’i nazar jamoa birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.


Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablag‘laridari (Respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy- tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi. Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilangan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar. Korxonalar o‘zining хо‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek, o‘zga manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish fondiga qaratiladigan foydaga soliq solinmaydi. Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, 11-modda).



Yüklə 31,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin