1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning turlari, maqsad va vazifalari



Yüklə 29,75 Kb.
səhifə1/6
tarix22.09.2023
ölçüsü29,75 Kb.
#147404
  1   2   3   4   5   6
1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari i-fayllar.org


1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning turlari, maqsad va vazifalari




1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni 
tashkil etishning turlari, maqsad va vazifalari 
R E J A:
1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati
2.Bоshlang‟ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari
3.Bоshlang‟ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi.
4. Matematika o‟qitishda mustaqil ishlar.

Tayanch tushunchalar: matematika, fizika, ximiya, bilim, malaka, ko„nikma,
rebus, krossvord.


ADABIYOTLAR 

1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo„latova M.I. Boshlang„ich sinflarda matematikadan


sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G„. Boshlang„ich sinflarda matematika o„qitish metodikasi. (O
O„Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G„. Boshlang„ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni
tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.

Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollatirish orqali ularning


aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‟lim maktablari
oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
O„quvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika, ximiya va boshqa fanlarni yaxshi
o„zlashtirishlari uchun boshlang„ich sinflarda matematika fanini puxta egallashi va
amaliy ko„nikmalar hosil qilishlari kerak. Boshlang„ich sinf o„quvchilarning
ma‟lumotini
oshirish
va
darslarni
o„zlashtirish darajasini ko„tarishga
ko„maklashishi uchun, boshlang„ich maktabda sinf mashg„ulotlari bilan bir qatorda
sinfdan tashqari ishlarni ham o„tkazish zarur.
Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta‟lim-
tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo„lishi bilan birga, o„quvchilarni bilimga va
mehnatga bo„lgan havaslarini ortiradi, shuningdek, o„zlashtirish sifatini oshirishga
va xulqini yaxshilashga ta‟sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg„ulotlar
deganda o„quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish
maqsadida tashkil qilingan mashg„ulotlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o„quvchilardagi fanga bo„lgan qiziqishni
rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to„ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi
matematik bilim, malaka va ko„nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Umuman boshlang„ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan
mustahkam bog„langan bo„lib, sinf ishlarining davomi bo„ladi, ayrim vaqtlarda esa
uni chuqurlashtiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning birinchisi
dastur materialini o„zlashtirishda orqada qoladigan o„quvchilar bilan ishlash, bunga
qo`shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o„rganishga
qiziquvchi o„quvchilar bilan o„tkaziladigan mashg„ulotlar.
Ma‟lumki birinchi tur mashg„ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda
mavjud. Bunda mashg„ulotlarni 3-4 o„quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan
haftada bir marta o„tkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar
deyilganda ko„proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi
maqsadlarni ko„zlaydi:



1. O„quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg„otish;


2. O„quvchilarning matematikadan dastur bo„yicha bilimlarini kengaytirish;
3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;
4. O„quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga
o„rgatish;
5. O„quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika
maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti
chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg„ulotlarda
amalga oshirishga to„g„ri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik
yoshdagi o„quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi
turlari uchraydi:
1. Qiziqarli matematika soatlari va minutlari;
2. Matematik to„garaklar uyushtirish;
3. Matematika gazetasi chiqarish;
4. Ekskursiya o„tkazish;
5. Matematik burchak tashkil qilish;
6. Matematika kechalari o„tkazish;
7. Boshlang„ich maktablarda matematika olimpiadasi o„tkazish.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o„tkazish asosida quyidagi qoidalar
yotadi:
1. Sinfdan tashqari mashg„ulotlar o„quvchilarning darsda oladigan bilimlarini,
malaka va ko„nikmalarni hisobga olgan holda o„tkaziladi;
2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik prinsiplari va o„quvchilarning
harakatlari asosida tuziladi, hamda o„quvchilarning individual talablarini
qanoatlashtirish maqsadida o„tkaziladi;
3. Sinfdan tashqari mashg„ulotlar o„tkazilish shakliga ko„ra darslardan farq qiladi
va ko„pincha qiziqarlilik xarakteriga ega bo„ladi.
Og„zaki hisob ko„pincha sinfdagi hamma o„quvchilarning «yana, yana» degan
istaklari bilan o„tkaziladi. O„quvchilarning talabiga ko„ra, darsda boshlangan
ishlarning davomini darsdan tashqari vaqtga ko„chirish mumkin. O„quvchilar bilan
o„tkaziladigan sinfdan tashqari mashg„ulotlarni oldin ularning talabiga ko„ra,
so„ngra yechiladigan misol, masalalar, o„yin va qiziqishning ortishiga qarab oyida
ikki marta sistemali o„tkazib turish mumkin.
Chunki dasturni bajarishda bunday qiziqarli masalalarni yechish, o„yinlarni tashkil
qilish, topishmoqlar topish, tez hisoblash mashg„ulotlarini darsda ko„proq
o„tkazishga imkoniyat yo„q.
Tajribalar bizni shu narsaga ishontiradiki, o„quvchilar qiziqarli matematika
soatlarida odatdagi darslarga qaraganda kamroq charchaydilar va ko„tarinki ruhda
faollik bilan ishlaydilar.
Bunday mashg„ulotni tashkil qilish va jihozlash qiziqarli va ravshan bo„lishi kerak.
Bu masalalarda qiziqarli matematikaga doir ko„rsatma qurollar sanash jadvallari,
figuralarni sanash, plakat formasidagi o„yinlar, stol ustida o„ynaladigan o„yinlar,
labirintlar, kartondan geometrik figuralar yasash, krossvordlar va boshqalar
o„quvchilarga katta yordam beradi.
Mashg„ulotlarni o„tkazishga ketadigan vaqt ularga qo„yilgan maksadga qarab
aniqlanadi. Agar o„quvchilar bilan uchrashish darsdan keyin o„tkazilsa va o„z
oldiga biror o„yin bilan tanishish maqsad qilib qo„yilgan bo„lsa, bu holda bunday



mashg„ulotga dastlabki paytlarda 10-15 minut vaqt yetarli bo„ladi. O„quvchilar


o„yin bilan tanishgandan keyin, odatda ular ko„pincha o„zlari ota-onalari, aka-
ukalari va boshqalar bilan ham shunday o„yinni bajaradilar, ya‟ni ularni ham jalb
qiladilar.
Mashg„ulotlar murakkablashib ketsa, uni o„tkazish uchun taxminan bir soat vaqt
ajratish mumkin. Materiallar hamma vaqt o„quvchilarning hisoblash malakalarini
egallashiga muvofiq qilib tanlanadi, masalalarga kelganda esa, ular shu sinf uchun
programmada ko„rsatilgan masalalarning ko„rinishi va tipiga qaraganda
boshqacharoq bo„lishi ham mumkin. Ziyraklik masalalari esa bu chegaradan
chetga chiqishi va shuning bilan birga masala yechishni o„rganishga muvaffaqiyatli
yordam berishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to'garaklar,
olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek,
matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy
ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o'quvchilarning mantiqiy
tafakkurlarini,
topqirliklarini,
matematik
ziyrakliklarini
rivojlantirish;
matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish,
talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va
insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga
ega:



Yüklə 29,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin