1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning turlari, maqsad va vazifalari



Yüklə 29,75 Kb.
səhifə4/6
tarix22.09.2023
ölçüsü29,75 Kb.
#147404
1   2   3   4   5   6
1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari i-fayllar.org

Matematika minutliklarida-topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash
uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga
o'xshash bo'lmasligi kerak.



Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli


masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar,
qiziqarli kvadratlar, rebuslar, top- ishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat
qiladi.
Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko'p
tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish
ko'rsatgan o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq
qiladi: Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning matematikaga
nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko'rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o'yinlar uchun misollar
yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari
o'tkazishga tayyorgarlik ko'radilar va hokazo.
Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak.
Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o'tkazilgan ba'zi to'garak
mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:

mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar.
3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab
qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20
ichida) o'yini.
II 
mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy
masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala.
5. "Sonni to'ldir" o'yini.
III 
mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish
(imkoniyatlari) mazmuni.
Darhaqiqat, o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o'tmishdayoq olib
borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli,
ma'naviyati yuksak, komil, mehnatsevar, vatanparvar bo'lib tarbiyalanishiga yangi
g'oya va ta'limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu
Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino(980-1037); Umar Hayyom (1048-1131);
Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Ulug'bek (1394-1449), G'iyosiddin al-Koshiy; Ali
Qushchi (1402-1474); va boshqalaming bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga
asos bo'ldi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o'qishi, mehnati, odobi va
bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin
at-Tusiy fikri bo'yicha o'qituvchi o'quvchilarni aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun
o'quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi
lozim. Abu Nasr Forobiy o'qituvchi faoliyatida yoshlarn- ing axloqiy me'yorlari,
amaliy ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga yo'naltirilganligi asosiy
vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino flkricha, tarixiy manbalarni bilish
olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan
o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta'kidlab o'tadi. Abu Rayhon
Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o'rni, inson, yosh
avlodning rivojlanishi haqidagi flkrlari chin ma'noda insonparvarlik asosida
qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi bilimni
puxta va mustahkam egallash zarurligidir.



Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta'lim va tarbiya


jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas
burchidir.

Yüklə 29,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin