1-mavzu. Boshqarish sistemalariga misollar, ularning printsipal va funktsional sxemalari 1.1-masala O‘zgarmas tok generatori kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining funksional sxemasini tuzish.
Rostlash tizimining prinsipial sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. Tizim quyidagicha ishlaydi: rostlanadigan kattalik generator Ug kuchlanishiga proporsional teskari bog‘lanish kuchlanishi Ut.b.taqqoslash kuchlanishi Ut bilan solishtiriladi. Ut - Ut.b.kuchlanishlar farqi elektron kuchaytirgich K, generator G ning qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan ko‘ndalang maydonli elektromashinaviy kuchaytirgichi EMK ning manba boshqarish chulg‘ami BCH kirishiga keladi. Tizimning dinamik ustuvorligini ta’minlash uchun EMK kuchlanshi bo‘yicha kondensator S va rostlovchi qarshilik Rs yordamida amalga oshiriladigan mo‘‘tadillovchi mahalliy teskari bog‘lanish nazarda tutilgan. Asosiy teskari bog‘lanish kattaligi rostlagich qarshilik Ro orqali o‘rnatiladi.
1.1-rasm.O‘zgarmas tok generatori kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi
Avtomatik rostlash tizimini funksional bo‘laklarga ajratganda, birinchi navbatda generator Gni ko‘rsatamiz. Uni rostlash ob’ekti RO sifatida qaraymiz. Generatorga rostlovchi ta’sir hisoblangan qo‘zg‘atish kuchlanishi Ugqva to‘lqinlantiruvchi ta’sirIyuyuklamatoki ta’sir qiladi.
Rostlanadigan Ugkuchlanishi asosiy teskari bog‘lanish elementi TBas orqali Ut.bkuchlanishiga aylantiriladi va taqqoslash elementi TE yordamida Ut kuchlanishi bilan solishtiriladi. Kuchaytirgich elementi sifatida elektron kuchaytirgich K qabul qilingan, EMK esa ushbu holda bajaruvchi element BE hisoblanadi.
SRsmo‘tadillovchi konturni mahalliy teskari bog‘lanish elementi TBm sifatida tasavvur qilamiz. Uning kirish kattaligi EMK kuchlanishi, chiqish kattaligi kuchaytirgich kirishiga beriladigan mahalliy teskari bog‘lanish signali hisoblanadi Ut- Ut.b. asosiy signaldan hisoblanadigan Uo kuchlanishidir.
Generator kuchlanishini rostlash tizimini keltirilgan elementlarga bo‘lgach, 1.2-rasmda keltirilgan funksional sxema hosil bo‘ladi.
1.2-rasm. O‘zgarmas tok generatori kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining funksional sxemasi