1.2-masala Ikkifazali asinxron dvigatelli AD oddiy kuzatuvchi tizimning funksional sxemasini tuzing.
Kuzatuvchi tizimning prinsipial sxemasi 1.3-rasmda keltirilgan. Tizim quyidagi prinsip bo‘yicha ishlaydi. Tizimning kirish va chiqish o‘qi holatini P potensiometr harakatlantirgichi bog‘langan DR mexanik differensiali taqqoslaydi. Ikkilangan triod L asosida yig‘ilgan bir kaskadli U lampali kuchaytirgichda Ppotensiometrdan olinadigan Uskuchlanish kuchaytiriladi. Ikki fazali asinxron dvigatelning boshqaruvchi chulg‘amiga kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi Uk beriladi. Asinxron dvigatelning boshqaruvchi chulg‘ami potensiometr ulangan o‘zgaruvchan kuchlanish manbaidan ta’minot oladi. Chiqish transformatorining ikkinchi chulg‘amiga parallel ulangan S kondensator, Ukkuchlanishini dvigatel qo‘zg‘atish chulg‘amining kuchlanishiga moslashtirish vazifasini bajaradi.
1.3-rasm. Ikki fazali asinxron sodda dvigatelli kuzatuvchi tizimning prinsipial sxemasi
Mexanik diferensialni taqqoslash elementi TE, potensiometrni o‘zgartiruvchi element O‘E deb qabul qilsak, 1.4-rasmda keltirilgan funksional sxemaga ega bo‘lamiz. Sxemada asinxron dvigatel reduktor bilan birga bitta bajaruvchi elementda BE joylashtirilgan.
1.4-rasm. Kuzatuvchi tizimning funksional sxemasi
1.3-masala Asinxron taxogenerator ATG va ikki fazali AD asinxron dvigatelli kuzatuvchi tizimni funksional sxemasini tuzing.
Tizimning ishlash prinsipi 1.5-rasmdagi tasvir orqali izohlanishi mumkin. Kuzatuvchi tizimning kirish va chiqish o‘qlari P1 topshiriq va P2 qayta ishlovchi potensiometrlarning harakatlantirgichiga bog‘langan. Θ=Θkir-Θchiq xatoligiga proporsional potensiometrlardan olingan kuchlanish asinxron taxogeneratorning teskari bog‘lanishidan olinadigan U0 kuchlanishiga algebraik qo‘shiladi va ikki kaskaddan iborat lampali kuchaytirgich kirishiga keladi. Birinchi kaskad fazoinversli bo‘lib, L1 lampasida yig‘ilgan. Birinchi kaskad dastlabki kuchaytirishni amalga oshiradi, ikki taktli so‘nggi kaskadlar (L1, L2 lampalar)ni boshqaradi. Bu kaskadlar Trchiq tranzistori orqali asinxron dvigatelning boshqaruvchi chulg‘amida ishlaydi.Dvigatel chulg‘amidagi S kondensator ta’minot kuchlanishini boshqaruvchulg‘amidagi kuchlanishga nisbatan 900 fazaga aylantiradi. Kuzatuvchi tizim boshqaruvchi va qayta ishlovchi signallar elektrik kattalik yig‘indisi shaklida taqqoslanadigandistansion tizimlar qatoriga kiradi.
Tizimning funksional sxemasi 1.6, a-rasmda keltirilgan. Sxemada ikkita o‘zgartiruvchi element O‘E mavjudligi, kirish va chiqish o‘qlaridan tashqari, ularga proporsional P1 va P2 potensiometrlardan olinadigan Up1 va Up2kuchlanishlarning burilish burchagi taqqoslanadi. Tizimning qolgan elementlari lampali kuchaytirgich, tizimning chiqish o‘qining aylanish tezligini U0 kuchlanishga aylantiruvchi asinxron taxogeneratoryordamida amalga oshiriluvchi mahalliy va teskari bog‘lanish va reduktorli dvigateldan iborat.
1.6,a-rasmda keltirilgan sxema bitta o‘zgartiruvchi elementgaega ekvivalent sxemaga aylantirilishi mumkin (1.6,b-rasm). Bu sxemada kirish signallari bevosita taqqoslanadi.Up1vaUp2 kuchlanishlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Up1 , Up2 Bu erda, , potensiometrni uzatish koeffitsientlari.
Ikkinchi taqqoslash elementiga beriladigan potensiometr kuchlanishlarining farqi
Up=Up1-Up2 (1.1) Muvofiqlashtirish bo‘lmasa, nolga teng bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki:
bunda, , bo‘lishikerak.
ifodaga ni qo‘yib, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:
Up ( ) . Bu esa 1.6,b-rasmda keltirilgan funksional sxemaga mos keladi.
1.5-rasm. Ikki fazali asinxron dvigatelli kuzatuvchi tizimning
Prinsipialsxemasi