1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-MАVZU. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA, BAHOLASH VA KALKULATSIYA



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə16/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

2-MАVZU. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA, BAHOLASH VA KALKULATSIYA
RЕJА
2.1.Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash
. 2.2. Hisob registrlari, ularning ahamiyati va turlari
2.3. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish
2.4. Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari


Tayanch iboralar

Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish, elektron hujjatning majburiy rekvizitlari, dastlabki hujjatlar, yig’ma hujjatlar, bir martalik hujjatlar, jamlama hujjatlar, kassa daftari, elektron hujjat, electron raqamli imzo, hisob registrlari, buxgalteriya daftari, kartochkalar, sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari, xronologik registrlar




2.1.Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega.
Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste'mol qilish hollarini aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar va shaxslar bilan da'volar va har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida, hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda ishonchliligini tekshirishda muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida har bir buxgaltyer uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat (ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin:

  • to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan;

  • xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan.

Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tekshirishni bilish – buxgaltyerlarning malakali ishlashini asosidir.
Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (7,8-moddalar)

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘risida»gi qonuni

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi qonuni

  3. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi nizom. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan)

Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish uchun hujjatlarda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigai bunday ma’lumotlarga rekvizitlar3 deyiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga muvofiq dastlabki hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilardir:

  • korxona(muassasa)ning nomi;

  • hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;

  • xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi (natura holida va pulda ifodalangan holida);

  • mas'ul shaxslarning shaxsiy imzolari.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonuning 6-moddasiga muvofiq elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

  • elektron raqamli imzo;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;

  • hujjat yaratilgan sana.

Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar mazmuni, tayinlanishi va shakliga ko‘ra turli xil hujjatlarni qo‘llashni talab qiladi.
Buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi, axborotlarni shakllantirish tartibi, muomalalarni qamrab olish usuli, axborot ta’minoti tizimidagi maqomi, tuzilgan joyi, qatorlar (pozitsiyalar) soni, bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish va to‘ldirish usuliga ko‘ra turkumlanadi.
Tayinlanishi bo‘yicha hujjatlar to‘rtta guruhga bo‘linadi:

  1. Farmoyish hujjatlari.

  1. Isbotlovchi hujjatlar.

  2. Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

  3. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar.

Buxgalteriya hisobining hujjatlari shakllantirish tartibiga ko‘ra dastlabki va yigma hujjatlarga bo‘linadi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin