1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə1/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI


RЕJА
1.1. Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari
1.2. Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchovlar
1.3.Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi
1.4. Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari
1.5. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari

    1. Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari

Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, innovasiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e'tiborni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga, unumsiz sarflarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq kerak. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining roli beqiyosdir.
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne'matlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jarayonda kishilar iste'mol buyumlarini: oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal hamda mehnat vositalarini; mashinalar, inshootlar, asbob-uskunalar va hokazolar yaratadilar. Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar esa sotiladi, taqsimlanadi va iste'mol qilinadi. Bunday uzluksiz davom etadigan ishlab chiqarish, sotish (ayirboshlash) va iste'mol jarayonlari ijtimoiy takror ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun esa ularni muntazam ravishda nazorat qilib, ushbu jarayonlarda sodir bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish kerak.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo‘jalik yurituvchi subektlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar yig‘indisidan iboratdir. Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlaridagi ishlab chiqarish, sotish, ayirboshlash va iste'mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor ko‘rsatkichlarining yig‘indisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi.
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish orqali korxona va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlarga ega bo‘linadi. Bu faktlarni esa ma'lum o‘lchov birliklarida ifodalash, hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib ro‘yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Shunday qilib, hisob yuritish xo‘jalik faoliyatini boshqarish, keng ma'noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya'ni jamiyatni boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishni ta'minlash maqsadida, bu jarayonlarni miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish boshqarishning ajralmas qismi ekan.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga ishlab chiqarish va iste'mol uchun qanday mehnat qurollari va mehnat buyumlari zarurligini bilish maqsadida kerak bo‘lgan bo‘lsa, jamiyat sinflarga bo‘lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa hukmron sinfning manfaatini himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o‘zgarib, takomillashib va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qabul qilgan qarorlarni hayotga tadbiq qilishda, korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlashtirish sharoitida hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni kompyutyerlashtirish, hisobning ilg‘or shakl va uslublarini qo‘llash, hisob ishlariga sarflanadigan mablag‘lar va mehnat sarflarini kamaytirishga yerishish zarur.
Har bir xo‘jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarga aylanadi
Xo‘jalik hisobi xo‘jalik yurituvchi subektni boshqarishda foydalaniladigan axborot tizimidan iborat bo‘lib, unda korxona faoliyatida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar va hisob obektlarining holati to‘g‘risidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlar ma'lum qoidalar va standartlar bo‘yicha ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, o‘lchanadi, ishlov beriladi, to‘planadi va guruhlanadi. Xo‘jalik hisobi keng qamrovli va tulaqonli bo‘lishi hamda korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya'ni boshqaruv tizimi uchun foydali bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik hisobining mohiyatini uning funksiyalari orqali mufassal ochib berish mumkin (1.1-rasm).
Xo‘jalik hisobi keng ma'noda boshqaruv funksiyasi bo‘lib, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlaridayoq ijtimoiy foydali mehnatning mustaqil turi sifatida ajralib chiqqan.



Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin