1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə14/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1.8. Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi
Har qanday fanning predmeti va obektlarining mohiyatini bilishga mazkur fan metodining mazmunini bilish orqali yerishiladi.
Oldingi paragraf (1.7) da ta’riflanganidek, buxgalteriya hisobining predmeti deganda, mablag‘lar, manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday usullar va amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Demak, buxgalteriya hisobining metodi mazkur fan predmetini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan usullar (element) ning ilmiy asoslangan tizimiga aytiladi.

Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat uning o‘ziga xos usullardan iborat bo‘lib, ular fan predmetining mohiyati va uning oldiga quyilgan vazifalar hamda talablardan kelib chiqadi


Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (elementlar) quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventarizatsiya; baholash va kalkulyatsiya (mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hisobot.
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hujjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashtirish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir. Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta'minlanadi.
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta'minlay turib, mulklarning saqlanishini qat'iy nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kerak. Bunday bir xillikni ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish kerak.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin