1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə17/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Dastlabki hujjatlar deb bevosita xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lganidan so‘ng darrov tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, (KO-1-shakl), kassa chiqim orderi (ko-2-shakl)qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelish kundaligi, talabnoma-nakladnoy, chorva mollarini tortish (o‘lchash) qaydnomasi va boshqa hujjatlar misol bo‘ladi.
Yig‘ma hujjatlar deb to‘ldirilgan bir qancha dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Kassirning hisoboti, bo‘nak (avans) hisobotlari, ferma dagi hayvon va parrandalarining harakati to‘g‘risidagi hisobot va boshqa hujjatlar yig‘ma hujjatlarga misol bo‘la oladi.
Bir martalik hujjatlar deb bir yoki bir necha xo‘jalik muomalasi bir vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, to‘lov qaydnomalari va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar kiradi.
Jamlama hujjatlar deb bir xil xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lgan vaqtiga qarab rasmiylashtirilib boriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassir hisoboti, tovar-moddiy boyliklarni olish uchun limit-zabor kartalari, sut sog‘ishni hisobga olish jurnali va boshqa hujjatlar misol bo‘ladi. Misol tariqasida kassir hisobotini keltirishimiz mumkin:
Axborot ta’minoti tizimidagi maqomi bo‘yicha hujjatlar oddiy hujjatlar va qat'iy hisobot blankalariga bo‘linadi.
Oddiy hujjatlar – eng ko‘p qo‘llaniladigan dastlabki hisob hujjatlaridir. Ularga umum qabul qilingan hujjatlar aylanishi tadbiq qilinadi, tuzish va saqlashga oddiy talablar quyiladi.
Qat'iy hisobot blankalari maxsus shakldagi hujjatlar bo‘lib,ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgidanadi.
Tuzilgan joyiga kora hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi.
Hisob yozuvlari qatorlarining soniga kora hujjatlar bir qatorli (Materiallarni olish uchun talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov qaydnomasi, to‘lov qaydnomasi va h. k.) bo‘lishlari mumkin.
Bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar unifikatsiyalangan va boshqa hujjatlarga bo‘linadi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin