Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
2.2. Hisob registrlari, ularning ahamiyati va turlari
Xo‘jalik muomalalari aks ettirilgan dastlabki hujjatlar tekshirilib, taksirovka qilinib va ayrimlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra yig‘ma hujjatlarda to‘planib, keyinchalik hisob registrlariga yoziladi.
Hisob registrlari deb boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda yozib borish uchun moslashtirilgan, ya’ni korxona aktivlari, passivlari va xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iqtisodiy guruhlanishiga mos tuzilgan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi.
Hisob registrlari buxgalteriya hisobini yuritishning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ularda xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalarining harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sintetik va analitik hisob schotlari bo‘yicha guruhlanadi va sistemalashtiriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari asosida korxonaning ichida va yuqori tashkilotlarining korxona faoliyatini nazorat va rahbarlik qilish uchun hisobotlar tuziladi.
Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning bo‘linmalariga rahbarlik va nazorat qilish, hamda iqtisodiy tahlil qilishda foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda qayd qilish deyiladi
(3.1-rasm).
2.1-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni
Hisob registrlarining mazmuni va ularni grafalash xo‘jalik muomalalarining xususiyati hamda ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi registrlari tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra buxgalteriya daftarlari, kartochkalari, alohida varaqalarga va mashinogrammalarga bo‘linadi
Dostları ilə paylaş: |